Silikat modul. Silikat modul (n) qumtuproq modul deb ham ataladi. Bu modul reaksiyaga kirishgan kremniy ikki oksid miqdorining alyuminiy va temir oksidlari miqdoriga nisbatini kо‘rsatadi.
Avval klinker tarkibini ifodalash uchun faqat gidravlik (boshqacha asosli) moduldan foydalanishgan. Bu modul birikkan kalsiy oksid miqdorini kislota oksidlar miqdoriga nisbatini ifodalaydi.
Zamonaviy sement klinkerlarining bosh moduli BM-1,7…2,4. Biroq gidravlik modul klinker sifatini xarakterlash uchun yetarli emas edi. Shuning uchun yana ikkita modul: silikat (kumtuproq) va gil-tuproq (alyuminat) lar kiritildi. Silikat modul (n) boshqa oksidlar bilan reaksiyaga kirishgan kremniy oksid miqdorini va klinker tarkibidagi alyuminiy va temir oksidlar yig‘indilarga nisbatini kо‘rsatadi. Xom ashyo aralashmasi tarkibidagi kremniy ikki oksid ohak bilan hamma vaqt C3S va C2S holida birikavermasligi tufayli birikkan qumtuproq miqdori kremniy ikki oksidining umumiy miqdori SiO2 umumiy va erkin holda qolgan SiO2 erkin miqdori ayirmasi bilan ifodalanishi mumkin. Shuning uchun silikat modul quyidagicha yoziladi:
n sementdagi silikat minerallari bilan eruvchan minerallar (klinkerning alyumoferrit, alyuminat qismlari) о‘rtasidagi nisbatni aniqlaydi. Oddiy portlandsementlar uchun silikat modul qiymati 1,7…3,5; sulfatga chidamli portlandsement uchun esa 1,7…4. Gil-tuproq (alyuminat) modul alyuminiy oksid miqdorining temir oksid miqdoriga nisbatini ifodalaydi:
klinkerdagi uch kalsiy alyuminatning temir oksid bor birikmalarga nisbatini ifodalaydi.
Gil tuproq modul qiymati oddiy portlandsementlar uchun 1…3. Silikat modul katta qiymatga ega bо‘lganda ham xom ashyo aralashmasini qovushtirib pishirish qiyinlashadi. Hosil bо‘lgan sement sekin tishlashadi va sekin qotadi, biroq keyinchalik uning mustahkamligi yuqori bо‘ladi. Alyuminat moduli kichik qiymatga ega bо‘lganda portlandsementlar mineralashgan tuzlar ta’siriga chidamli bо‘ladi. katta qiymatga ega bо‘lganda esa sementlar tez tishlashadi va qotadi, ammo oxirgi mustahkamlik kо‘rsatgichi past bо‘ladi. Silikat modul katta bо‘lsa, klinkerda C3A va S4AF kam, ammo C3S va C2S kо‘p, gil-tuproq modul katta bо‘lsa, klinkerda C3A juda kо‘p, biroq C4AF kam bо‘ladi.