О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə31/37
tarix29.11.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#170015
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
Кимё саноати курил мат маъруза 2015

Kristallanish bosqichi. Bu bosqich portlandsement klinkerining navbatdagi va oxirgi qotish davri hisoblanadi. Bu bosqichda kolloid massalardan bir-biriga chirmashgan kristallar hosil bо‘ladi. Natijada kristall namat yoki kristall tо‘r paydo bо‘ladi.Sement klinker minerallarining yangi kolloid xossalari bir xilda kristallanmaydi. Birinchi navbatda kalsiy gidroalyuminatlardan va qisman kalsiy gidroksiddan kristall tо‘rlar hosil bо‘la boshlaydi. Kalsiy gidrosilikatlar esa ancha vaqtgacha kolloid holida turadi. Shuning uchun sementning dastlabki qotish davridagi mustahkamligi kalsiy gidroalyuminatlar, shuningdek Сa(OН)2 kristallaridan hosil bо‘ladigan kristall tо‘ri mustahkamligiga bog‘liq. Biroq sementtosh bundan keyin asosan gidrosilikatlar hisobiga mustahkamlana boradi. Gidrosilikatlar asta-sekin zichlanib kristallanadi. Zichlangan kolloid massalar va gidrosilikatning kristall hosilalari gidroalyuminatlar va Сa(OН)2 ning kristall tо‘rlariga qaraganda ancha mustahkam bо‘ladi. Asosan Сa(OН)2 bilan о‘zaro aktiv ta’sir etishadigan amorf qumtuproq SiO2 dan tashkil topgan gidravlik qо‘shilmalar portlandsementning chuchuk suvga barqarorligini oshiradi. Buning sababi shundaki Сa(OН)2 bilan о‘zaro reaksiyaga kirishganda nisbatan yaxshi eriydigan ohak qumtuproq bilan amalda erimaydigan kalsiy gidrosilikat CaO∙SiO2∙nH2O hosil qiladi.Shunday qilib, portlandsement tarkibida gidravlik qо‘shilmalar (va gips) bо‘lganda ikkilamchi jarayon rо‘y beradi: klinker minerallari bilan suv о‘rtasidagi reaksiyalarning maxsulotlari va qо‘shilmalari kimyoviy о‘zaro ta’sir etishadi. Natijada portlandsement tishlashish muddati uzayadi va suvga barqarorligi ortadi.
Portlandsementning tishlashish muddatlari bir qator faktorlarga ya’ni sement xamirining temperaturasiga, qorishmaga solinadigan suv miqdoriga, klinkerning mineralogik tarkibi, sementning maydalab tuyilganligi (1-jadval), gips va qо‘shilmalar miqdoriga bog‘liq. Sementda tishlashishning boshlanishi va tugallanish muddatlari belgilangan. Sement xamirining xarakatchanligi yо‘qolgan daslabki davr sementning tishlashishi boshlanganligini bildiradi, uning toshdek qattiq holga kelgani esa sementning tishlanib bо‘lganligini bildiradi.Standartda kо‘rsatilgan talablarga muvofiq portlandsement 45 minutdan keyin tishlasha boshlashi va kamida 12 soatda tishlashib bо‘lishi lozim. Yangi tayyorlangan beton va qorishmani sement tishlasha boshlashdan avval ishlatib bо‘lish kerak, agar bunday qilinmasa betonning mustahkamligi pasayib ketadi, shuning uchun quruvchilarning о‘zlari ishlatayotgan sementning tishla­shish muddatlarini bilishlari juda muhim.Temperatura ortib borishi bilan sementning tishlashish muddati tezlashadi, temperatura pasayib borishi bilan esa sekinlashadi. Suv kerakli miqdordan ortiq qо‘shilsa ham sementning tishlashishi sekinlashadi.Klinker mineralogik tarkibining va solishtirma sirt miqlorining tishlashish muddatlariga ta’siri klinker minerallarining gidratatsiyalanish tezligi bilan xarakterlanadi, sement xamirining tishlashish jarayoni С3A asosiy rol о‘ynaydi, uch kalsiy alyuminat qanday tezlikda tishlashsa, gips qо‘shilmagan maydalangan portlandsement klinkeri ham taxminan shunday tezlikda tishlasha boshlaydi.
1-jadval
Sementning solishtirma sirtining tishlashish muddatlariga ta’siri

Sementning solishtirma sirti, m2/kg

Tishlashish muddatlari, soat va minut

Boshlanishi

Oxiri

225
440
625

2…45
2…30
2…10

-
5…35
5…10

Shunday qilib, portlandsement tarkibida kalsiy alyuminatlar kо‘p bо‘lsa, bu hol tishlashish muddatini qisqartiradi yoki zarur muddatlarda tishlanadigan sementni olish uchun kо‘pi bilan qancha gips qо‘shish lozimligini aniqlab beradi.
6-ilova

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin