37
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1.
Buxgaletriya hisobining qanday uslublari mavjud?
2.
Buxgalteriya hisobi nima?
3.
Buxgalteriya hisobiga qanday talablar qo‘yiladi?
4.
Buxgalteriya hisobiga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?
5.
Buxgalteriya hisobining funksiyalari nimalardan iborat?
6.
Buxgalteriya hisobining maqsadini tushuntiring.
7.
Buxgalteriya hisobining predmetiga ta’rif bering.
8.
Buxgalteriya hisobining qanday obyektlari mavjud?
9.
Buxgalteriya hisobining qanday tamoyillari mavjud?
10.
Buxgalteriya hisobining vazifalari nimalardan iborat?
39
3-BOB. BUXGALTERIYA BALANSI
3.1. Buxgalteriya balansi haqida tushuncha, uning tuzilishi, mazmuni va
ahamiyati
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri
hisoblanadi. Buxgalteriya balansini iqtisodiy jihatdan olganda xo‘jalik
mablag‘larini joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha
bir-biriga tengligini
ta’minlaydi deb aytish maqsadga muvofiqdir.
“Balans” so‘zi lotincha bo‘lib, uning aynan tarjimasi “bis”- ikki karra va
“lans” tarozi pallasi, ya’ni tarozi ikkita pallasining tengligi degan ma’noni,
muvozanat tenglik ramzini bildiradi. Tarozi
muvozanat ramzi sifatida
buxgalterlarning xalqaro gerbida ham aks ettirilgan.
Buxgalteriya hisobida “balans” tushunchasi ikkita ahamiyat kasb etadi:
1. Jamlangan summalar tengligi, ya’ni schyotlarning debeti bo‘yicha
summalar jami va krediti bo‘yicha summalar jamining tengligi,
har bir sintetik
schyot ma’lumotlarining (boshlang‘ich qoldig‘i, debet va kredit oborotlari, oxirgi
qoldig‘i) mazkur sintetik schyotga tegishli analitik schyotlar ma’lumotlariga
tengligi, balans aktividagi moddalar summalari jami
va passividagi moddalar
summalari jamining tengligini ifodalaydi;
2. Moliyaviy hisobotning asosiy shakli bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi
subyektning ma’lum sanadagi mulkiy va moliyaviy ahvolini aks ettiruvchi
ko‘rsatkichlar tizimini ifodalaydi.
Mablag‘lar holatidagi o‘zgarishlar ularning turlari bo‘yicha
buxgalteriya
hisobi schyotlarida o‘z ifodasini topadi va har oyning oxirida har bir mablag‘ning
oy davomidagi o‘zgarishi, oy oxiriga bo‘lgan qoldig‘i hisob-kitob qilinadi. Demak,
buxgalteriya hisobi schyotlari mablag‘ turlari bo‘yicha mulk egasiga etarli
ma’lumotlarni beradi. Lekin bu ma’lumotlarda mablag‘larning joylanishi ularni
moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha taqsimlanganligini ko‘rsatib beradi, ammo
ularning qaysi mablag‘lar hisobiga tashkil qilinishi ham mulkdor uchun zaruriyati
40
yuqori.
Korxona va tashkilotlar mulkchilik shaklidan qat’iy
nazar tegishli faoliyat
ko‘rsatish jarayonida xom-ashyo bir turdan ikkinchi bir turga aylanadi.
Buxgalteriya hisobida har bir mablag‘ning harakati turlari bo‘yicha hisob-kitob
qilinadi va hisobot davri oxiriga mablag‘lar holati bo‘yicha to‘liq ma’lumotni olish
imkoniyatini beradi. Buxgalteriya hisobida ifoda qilingan mablag‘lar harakati
bo‘yicha mablag‘larning joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha
ma’lumotlarni umumlashtirish maqsadida balans tuziladi.
Dostları ilə paylaş: