O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Bozor iqtisodiyoti sharoitida turistik biznesni amalga oshirishni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/86
tarix12.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154858
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   86
6-y-Turizm-iqtisodi.-Oquv-qollanma.-A.M.Abduvohidov-F.S.Qutlimurotov.-T-2011

 
2.4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turistik biznesni amalga oshirishni 
tashkil qilish 
 
Turizm sohasi bozor tizimidagi boshqa har qanday iqtisodiyot tarmog‘i kabi 
alohida segment hisoblanadi. Shuning uchun ham turizm faoliyatini talab va taklif 
omillarining o‘zaro bog‘liq tizim sifatida ko‘rib chiqish nihoyatda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ma’umki, talab va taklif omillari bozor munosabatlari 
sharoitida xususiy mulkchilik munosabatlarini har jihatdan rivojlanishini belgilab 
beruvchi asosiy tayanch hisoblanishadi. Har qanday mamlakatdagi turistik 
xizmatlar bozorida xususiy turistik firmalar mavjud talab va ehtiyojlarni atroflicha 


26 
hisobga olmay turib, o‘z xizmatlari taklifini kutilganidek amalga oshirisha 
olmaydi. Ko‘rinib turganidek, xususiy turistik firmalar bozordagi talab va taklif 
omillarini to‘liq hisobga olgan holda harakat qilganda, ularning respublika turizm 
iqtisodiyotiga ijobiy ta’siri bo‘lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, 
biz xususiy turistik firmalarning turizm iqtisodiyotini rivojlantirishda tutgan o‘rni 
to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishdan oldin talab va taklif omillari xususida ayrim fikr va 
mulohazalarimizni bildirib o‘tmoqchimiz. 
Talab omillari o‘zida asosan xalqaro (hududiy) va ichki (milliy) turistik 
bozorlarni namoyon etadi. Bunday bozorlarda chet ellik sayyohlar bilan birgalikda 
mahalliy aholi ham turistik diqqatga sazovor joylar, ob’yektlar va turistik 
xizmatlardan keng miqyosda foydalanishadi. Taklif omillari bo‘lsa o‘z ichiga chet 
ellik sayyohlarni jalb etishi mumkin bo‘lgan turistik diqqatga sazovorliklar va turli 
xil faoliyat turlari (milliy hunarmandchilik, musiqa va mahalliy xalq urf-odatlari-
yu marosimlari), mamlakatga tashrif buyurgan sayyohlarni joylashtirish vositalari, 
shuningdek boshqa turistik ob’yektlar va xizmatlarni oladi. Shu o‘rinda shuni 
ta’kidlab 
o‘tish joizki, turizm sohasidagi ekspert mutaxassislarning 
ta’kidlashlaricha diqqatga sazovorliklar deganda tematik xiyobonlar, hayvonot 
bog‘lari, botanika bog‘lar va akvariumlar kabi tabiiy, madaniy va maxsus 
ob’yektlar, shuningdek ushbu ob’yektlar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha faoliyat 
turlari tushuniladi. Xalqaro turizm tashkiloti (XTT) tasnifiga muvofiq ravishda
tashrif buyurgan sayyohlarni joylashtirish vositalariga turli xil shakldagi 
mehmonxonalar, motellar, mehmonxona tipidagi uylar, shaxsiy xonadonlar va 
boshqa turdagi turistlar to‘xtaydigan ob’yektlar tegishli bo‘ladi. 
Umuman olganda barcha turistik xizmatlar va ob’yektlardan samarali 
foydalanish uchun zamon talablariga to‘liq javob bera oladigan turizm 
infratuzilmasini shakllantirish talab etiladi. Bunday infratuzilma o‘z ichiga 
transport (havo transporti, avtomobil yo‘llari transporti, temir yo‘l transporti, suv 
transporti va boshqalar) xizmatini, suv va elektr ta’minoti, kanalizatsiya va 
telekommunikatsiya kabi sohalarni qamrab olishi kerak. Hozirgi kunga kelib, 


27 
dunyodagi ko‘plab mamlakatlar o‘zlarining turizmni rivojlantirish bo‘yicha 
strategiyalarida sanitar-ekologik omilga ham infratuzilma rivojini ta’minlovchi 
omil sifatida baho berishmoqda. Chunki, zamonaviy turizmni atrof-muhitning 
muhofazalanishi va ekologik tozaliksiz tasavvur etish qiyin. Ana shunday 
jihatlarga ega infratuzilmaning jahon andozalariga mos ravishda rivojlanishi, ya’ni 
turistlarga imkon qadar sifatli xizmat ko‘rsatishning tashkil etilishi har jihatdan 
xususiy firmalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga bog‘liq bo‘ladi. Ekspert 
mutaxassislarning baholashlaricha barcha talab va taklif omillari turistik 
mahsulotni shakllantiradi. 4-jadvaldan ko‘rinib turganidek, xalqaro turizm talabi, 
ya’ni O‘zbekiston bo‘yicha sayohat qiluvchi chet ellik sayyohlarning talabi 
umumiy turistik mahsulotning beshdan bir qismini tashkil etsa, ichki talab, ya’ni 
mamlakatimiz bo‘yicha sayohat qiluvchi mahalliy turistlar uchdan bir qismidan 
ko‘prog‘ini tashkil etadi. Turistik mahsulotning qolgan qismi turli xil diqqatga 
sazovor vositalar va turizm ob’yektlari joylashgan hududlarda istiqomat qiluvchi 
mahalliy aholi tomonidan iste’mol qilinadi. Ko‘rinib turganidek, mamlakatimiz 
turizmi chet ellik sayyohlarning ehtiyojlarini qondirishga qaraganda mahalliy 
iqtisodiyotining ichki ehtiyojlarini qondirishga nisbatan ko‘proq yo‘naltirilgan. 
Taklif omillari xususida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, turistik mahsulotning 
uchdan bir qismini mamlakatimizga chet ellik va mahalliy turistlarni jalb etadigan 
diqqatga sazovor joylarni tashkil etadi. Mamlakatimizdagi tarixiy obidalar, 
viloyatlardagi turli xil milliy madaniyat sarchashmalari, tabiiy boyliklarimiz va 
boshqa shu kabilar turistlarni mamlakatimizga qiziqtiruvchi asosiy motivatsiya 
omil sifatida e’tirof etiladi. Mamlakatimizga tashrif buyurgan sayyohlarni 
joylashtirish vositalari, transport xizmati hamda turizm infratuzilmasining boshqa 
turistik ob’yektlari va elementlari O‘zbek turistik mahsulotidagi barcha taklif 
omillarning ikkidan bir qismini tashkil etadi. 


28 
4-jadval
O‘zbekiston turizmi yoki milliy turistik mahsulotning bozor tizimi 
(ekspertlar bahosi) 
Talab omillari
 
O‘zbekiston 
bo‘yicha taq-
simlanishi, %
 
Taklif omillari
 
O‘zbekiston 
bo‘yicha 
taqsimlanishi, 
%
 
Xalqaro bozorlar

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin