81
Reytingdagi birinchi 30 ta o‗rinni daromadi yuqori darajali mamlakatlar
egallashgan, bu daromad bilan AKT sohasidagi o‗sish chambarchas o‗zaro aloqada
ekanligini ko‗rsatadi. Rivojlangan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlar
o‗rtasida farq juda katta bo‗lib, u o‗rtacha ikki barobarni tashkil qiladi. Rossiya 42
o‗rinni, Qozog‗iston –53, O‗zbekiston-115 o‗rinni (2013-y. – 116 o‗rinni)
tashkil
qilgan.
Daniya. Daniyaning ta‘lim vazirligi ta‘lim tizimiga AKTni tatbiq qilish va
rivojlantirishning quyidagi strategik siyosatini maqsad qilib oldi:
- Ta‘lim tizimidagi kadrlar tayyorlash darajasi axborotlashgan jamiyat
talablariga mos bo‗lishi kerak;
- AKT asosida yangi pedagogik yondashuvlarni ishlab chiqish va qo‗llash
lozim.
AKT sohasidagi Daniya ta‘lim vazirligi siyosatining asosiy qismini tashkil
qiluvchilar quyidagilar hisoblanadi:
- tadqiq qilish,
- rivojlantirish,
- ishlab chiqish,
- tajribaviy tekshirish va pedagogik innovatsiyalarni tarqatish,
- ulardan eng yaxshilarini o‗quvchilar, talabalar, o‗qituvchilar va butun ta‘lim
sektoriga tarqatish va o‗zaro almashinish uchun tuzulmani yaratish.
Yuqorida keltirilgan strategik maqsadlar Daniya ta‘lim
vazirligining beshta
asosiy yo‗nalish faoliyatida amalga oshirilmoqda:
1. AKT sohasidagi tayanch bilimlarni shakllantirish.
2. AKTni tatbiq qilishga rahbarlarda ijobiy munosabatni shakllantirish.
3. O‗quv jarayonini tashkil qilishning yangi tamoyillarini ishlab chiqish.
4. Elektron infratuzilmani yaratish.
5. Elektron shakldagi o‗quv materiallarini ishlab chiqish.
Janubiy Koreya, AKTdan foydalanish va elektron ta‘limni rivojlantirish
bo‗yicha yetakchi bo‗lib olgan, elektron ta‘lim sohasida tizimli va bosqichma bosqich
davlat siyosatini olib bormoqda.
Janubiy Koreya allaqachon yangi ta‘lim tizimni qo‗llashga kirishdi: elektron, u
bir qancha bosqichda. 2014-yilda elektron ta‘limga boshlang‗ich maktab o‗tkazildi,
keyingi ikki yilda u o‗rta va katta maktabda amalga oshirish mo‗ljallangan. 2013-
yildan ba`zi mashg‗ulotlar onlayn tartibida o‗tkazilmoqda. Ob-havo yomon bo‗lganda
yoki kasalligi tufayli maktabga kelish imkoniyati bo‗lmagan o‗quvchilar boshqalar
bilan bir qatorda o‗qishni davom ettirishlari mumkin.
Koreyada elektron ta‘limni qo‗llab-quvvatlash va rivojlantirish bilan quyidagi
idoralar shug‗ullanadi:
1. Mehnat vazirligi – kasbiy qayta tayyorlash
va malaka oshirishda
Dostları ilə paylaş: