13-bob. OLIY TA‟LIMDA INFORMATIKA FANLARIDAN
TALABALARNING BILIMINI NAZORAT QILISH ASOSLARI
13.1. O„quv jarayonida nazoratning o„rni va roli, nazorat shakllari
O‗zbekiston
Respublikasining
―Ta‘lim
to‗g‗risida‖gi
(O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va
―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‗g‗risida‖gi (O‗zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Axborotnomasi, 1997-y. 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-sonli
―Oliy ta‘limning Davlat ta‘lim standartlarini tasdiqlash to‗g‗risida‖ qaroriga
(O‗zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‗plami. 2001-y. 15-16-son, 104-
modda), O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligining 2009-yil
11-iyundagi 204-son buyrug‗i bilan tasdiqlangan va O‗zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligida 2009-yil 10-iyulda 1981-son bilan davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan
topshiriqqa muvofiq, O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim
vazirligining 2010-yil 25-avgustdagi 333-son buyrug‗i bilan o‗zgartirish va
qo‗shimchalar kiritilgan hamda O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010-yil
26-avgustda 1981-1-son bilan davlat ro‗yxatidan qayta o‗tkazilgan nizomga, 2009-yil
26-maydagi 160-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan ―O‗zbekiston Respublikasi oliy
ta‘lim muassasalari bitiruvchilarining Yakuniy davlat attestatsiyasi to‗g‗risida‖gi
nizom, 2009-yil 14-avgustda 286-sonli buyruq bilan tasdiqlangan ―Talabalar mustaqil
ishini tashkil etish va nazorat qilish bo‗yicha Yo‗riqnoma‖, O‗zbekiston Respublikasi
oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirining 2013-yil 13-dekabrdagi 470-sonli ―Oliy ta‘lim
muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi
to‗g‗risidagi nizomga kiritilayotgan o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish haqida‖gi
buyrug‗i
65
, TDIU Kengashining 2017-yil 31-maydagi yig‗ilishida muhokama
qilingan va tasdiqlangan ―Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida talabalar bilimini
nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‗g‗risida‖gi nizomiga muvofiq hamda
2017-yil avgustda tasdiqlangan fanning ishchi o‗quv dasturi asosida olib boriladi.
O‗quvchi-talabalar bilimini, muntazam baholash ularni predmetni o‗rganishga
undaydi. Baholashning adolatli bo‗lishi va bilimiga ko‗ra tabaqalanishi, ularni
predmetni puxta o‗zlashtirish uchun intilishga olib keladi.
O‗quvchi-talabalar bilimini sinash va baholash orqali
66
:
1.
Baholash jarayonida talabalar fan bo‗yicha nimalarni bilishi, qanday
savollarni chuqurroq o‗rganishi zarurligi, zaif jihatlari aniqlanadi.
2.
O‗qituvchi talabalarning bilimini baholash jarayonida qanday savol,
masalalarni o‗zlashtirgani haqida axborotga ega bo‗ladi.
3.
Ota onalar farzandlarining muvafaqqiyatlari haqida axborot olishadi.
4.
O‗qituvchi va o‗quv yurti ma‘muriyati o‗quvchi-talabalar bilimini baholash
orqali ularni kursdan kursga ko‗chirish haqida qaror qabul qilishadi. O‗quvchi-
talabalar bilimini sinash va baholash nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‗lib, uni
amalga oshirishning qator tamoyillari mavjud.
65
www.http//:Lex.uz
66
www.http//:Lex.uz
130
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy tamoyillari:
1.
barcha talabalarni jalb etish;
2.
dastur materiallarini to‗la qamrab olish;
3.
talabalarga tabaqali yondashish;
4.
talabalar bilimini adolatli baholash;
5.
muntazam tarzda nazorat va baholashni amalga oshirishga rioya qilish,
ularni o‗z ustida tinimsiz ishlash, o‗qish, o‗rganishga undaydi.
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashga zamon talabidan kelib chiqqan
holda yondashish talab etiladi.
Hozirgi paytda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash, uning barcha
tamoyillarini nazarda tutgan holda ta‘lim tizimidagi mamlakatimiz va chet el
pedagoglari tajribasi asosida ishlab chiqilgan reyting ( ing. Rating–individual son,
miqdor ko‗rsatkichi ma‘nosida ishlatiladi) tizimi qo‗llanilmoqda.
Reyting, birinchidan, talabalarning bilimini nazorat qilish va baholash
jarayonini xarakterlovchi tizim. Ikkinchidan, talabaning olgan bilimini o‗zlashtirish
darajasi, bahosini ifodalashning usuli.
«Oliy ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini baholashning reyting tizimi
to‗g‗risida muvaqqat Nizomi
67
» bo‗yicha reyting tizimini qo‗llash orqali talabalarni
o‗qitilayotgan fanlarni chuqur egallash, topshiriqlarni bajarishga ijodiy yondashish,
adabiyotlar ustida muntazam ishlash, darslarga faol qatnashishlarini ta‘minlash
bo‗lsa, ikkinchi tomondan, professoro‗qituvchilarni ma‘ruza, amaliy mashg‗ulotlarga
puxta tayyorgarlik ko‗rish, dars o‗tishning turli-tuman uslublarini qo‗llash, talabalar
bilimini nazorat qilish va baholashda mas‘uliyatlarini oshirishdir. Bularning barchasi
esa raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga erishishga qaratilgan.
Talabaning fan bo‗yicha o‗zlashtirishini baholash semestr, o‗quv yili davomida
muntazam ravishda olib boriladi.
Talabaning har bir fan bo‗yicha o‗zlashtirishi, baholashning quyidagi turlari
orqali amalga oshiriladi
68
:
joriy baholash ( JB )
oraliq baholash ( OB )
yakuniy baholash ( YaB )
Joriy baholashda fanning har bir mavzusi bo‗yicha talabaning o‗zlashtirishi
aniqlab, baholab boriladi. U odatda seminar darslari, amaliy mashg‗ulotlar,
laboratoriya ishlari jarayonida amalga oshiriladi.
Oraliq baholash semestr, o‗quv yili davomida fanning bir necha mavzusi,
qismi, bo‗limi bo‗yicha nazariy mashg‗ulotlar o‗tib bo‗lingandan so‗ng o‗tkaziladi.
Unda muayyan savol, muammo test, masalamashq va boshqalar yordamida
talabaning mavzuni o‗zlashtirish darajasi, qobiliyati, mahorati aniqlanadi va
baholanadi.
Yakuniy baholashda, fanning semestr yoki o‗quv yili davomida o‗tilgan hajmi
doirasida talabaning fanni o‗zlashtirish darajasi baholanadi. Yakuniy baho turiga
67
www.http//:Lex.uz
68
http://www.tsue.uz
131
ajratilgan ballar miqdori, o‗quv rejasida fanga semestr yoki o‗quv yili uchun
ajratilgan soatning 15 foizi miqdorida belgilanadi
69
.
Fan bo‗yicha JB va OB turlarida talaba to‗plashi mumkin bo‗lgan maksimal
reyting ballning miqdori, o‗quv rejasida fanga semestr yoki o‗quv yili uchun
ajratilgan soatning 85 foizi miqdorida belgilanadi. Talaba o‗rganayotgan fani
bo‗yicha maksimal ballning kamida 55 foizini to‗plagan bo‗lishi kerak. Undan kam
ball to‗plagan talabaning fanni o‗zlashtirishi qoniqarsiz deb hisoblanadi
70
.
Semestr davomida fanlar bo‗yicha to‗plangan ballar maksimal ballning:
86 – 100 foizini tashkil etsa, ―a‘lo‖;
71 – 85 foizini tashkil etsa, ―yaxshi‖;
56 – 70 foizini tashkil etsa, ―qoniqarli‖;
55 foizdan kam bo‗lsa ―qoniqarsiz‖ baholanadi.
Dostları ilə paylaş: |