87
So’z ustida ishlash jarayonida quyidagicha
yozma mashq turlari
dan
foydalaniladi:
1. O’rganilayotgan sahifadagi bir bo’g’inli so’zlarni kesma harflardan tuzish va
o’qish:
nok, nay, osh, oy, ip, tom, do’st, qand, baxt
va boshq.
2. Ustunchadagi ikki va uch bo’g’inli so’zlarni kesma harflardan tuzish va
o’qish. Misol:
t
to-mon, o-ta, mit-ti.
3. Bir so’z asosida bir necha so’z tuzish va o’qish:
oltin
olti, in, tin, til, il, it,
tol.
4. Berilgan so’zning bo’g’inlarini yoki ayrim harflarini almashtirib, yangi so’z
tuzish va o’qish. Misol:
osmon-somon, Zilola-Hilola, qovoq-tovoq
va boshq.
5. So’z bo’g’inlaridan yoki harflardan birini olib tashlab, yangi so’z hosil qilish
va uni o’qish:
Noila-nola (yoki oila), guldon-don (yoki gul), ziyrak-zirak
va boshq.
6. Berilgan so’zga
-chi, -la, -zor
qo’shimchalarini qo’shish va hosil bo’lgan
ishchi, ishla
gulchi, gulla,
gulzor
va boshq.
7. So’zga harf, bo’g’in yoki tutuq belgisi qo’shib, yangi so’z hosil qilish va uni
o’qish:
o’t-o’tloq, bog’-bog’bon, bil-bilim, sher-she’r
va boshq.
8. Berilgan chizma asosida so’zlar topish va ularni o’qib, ma’nosini izohlash.
Misol:
.
Bu chizma asosida
qush-cha, do’p-pi, ruch-ka
kabi so’zlar
topiladi.
O’yin tarzida olib boriladigan bu kabi ish turlari o’quvchilarning lug’atini
boyitish bilan birga, o’qishga qiziqish uyg’otadi, imloviy
sezgirlikni oshiradi va
so’zning tovush tarkibi haqidagi tasavvurlarni kengaytiradi.
Savod o`rgatish jarayonida o`quvchilarda imloviy ko`nikmalar ustida amaliy
kuzatishlar olib boriladi. O`quvchilarda imloviy sezgirlikni
shakllantirish ustida
ishlash quyidagi izchillikda olib boriladi:
1) imloviy qoidalarni amaliy o‘rganishga rag‘bat uyg`otish. Ushbu bosqichda
til materiallarini kuzatish jarayonida so`zning biror o`rnida imlo mavjudligini
aniqlash:
Gapning o`qing va uning yozilishini kuzating. Gapda so`zlar qanday
yozilgan? Nega gapdagi barcha so`z bosh harf bilan yozilmagan?
88
2) o‘qituvchi o‘quvchilarga so`zlarning imlosiga oid yangi vazifalar beradi:
O`qigan so`zingiz qanday harf bilan yozilgan? Nima uchun shunday yozilganini
tushuntiring.
3) imlo qoidalarini asoslang. Qoidaning mohiyatini ochib berishlari uchun
o‘qituvchi quyidagi kabi topshiriqlar beradi:
“Bosh harflar imlosi” degan gapni
misollar bilan tushuntirib bering.
4) qoidani amalda qo‘llash. Yozuv darslarida o`rgangan tushunchalarini
amalda qo`llay olish ko`nikmasiga ega bo`lishi.
Imloviy
ko`nikmalarni
shakllantirishga
doir
olib
mazkur
ishlarni
tashkillashtirgan o‘qituvchi quyidagi vazifalarni hal qiladi:
-gap va so`z tarkibiga nisbatan sezgirlikni uyg`otish;
- so‘zlarning adabiy talaffuziga o`rgatish;
- so‘zlarni shakllantirishdagi xatolarning oldini olish;
-yosuvga e`tiborli bo`lish;
- jumlalarni tuzishda
xatolarning oldini olish, o‘quvchi nutqini turli
tuzilishidagi jumlalar bilan boyitish.
Dostları ilə paylaş: