273
Darsda foydalaniladigan taolimiy vositalar:
turli
qovun rasmlari, poliz
mahsulotlarini yig’ib olish tasviri, test topshiriqlari.
Dars metodi:
izohli o’qish, tarmoqlash, muammoli o’qitish metodi.
O’qituvchining maqsadi:
1. O’zbekistonda yetishtiriladigan
poliz ekinlari,
qovun sayli haqida o’quvchilar bilimini boyitish. 2. O’quvchilarda ona-yurtimiz
boyliklarini asrash, xalq anoanalarini hurmatlash
va davom ettirish hissini
tarbiyalash. 3. Lug’atini boyitish, nutqini o’stirish, o’qish
malakalarini
shakllantirish.
Identiv o’quv maqsadi:
1. Hikoya matnini to’g’ri, o’quv suroatiga mos, ongli va ifodali o’qish.
2. Asar matni yuzasidan berilgan topshiriqlarni yakka va juft bo’lib bajarish.
3. Matn mazmunini qayta hikoyalash.
DARSNING BORISHI:
I. Daovat bosqichi.
1. «Kuz» she’ri ifodali yod ayttiriladi va o’qitiladi.
2. O’qituvchi o’quvchilarning oldingi darslarda olgan bilimlarini
mustahkamlash
maqsadida kuz haqida, uning noz-neomatlari haqida suhbat
o’tkazadi.
− O’lkamizga kuz fasli kelganini nimalardan bilish mumkin?
− «Oltin fasl» matnidan tabiat tasvirini topib o’qing.
− Kuzda qaysi sabzavot va mevalar pishadi?
− Stol
ustidagi uzum rasmlarini olib, nomini ayting. (kishmish, husayni,
hasayni, charos, ...)
− Siz olmaning qaysi navlarini bilasiz?
− Uzum nomlarini tarmoqlash usulida ko’rsating.
Namuna:
274
3. Yangi mavzuni o’rganishga o’quvchilarni tayyorlash. Suhbat:
− Qovun qaysi turkumga kiradi? Sabzavotgami yoki mevalargami?
− Qovun nomlarini bilasizmi? Ularning nomlarini ham tarmoqlash usulida
yozib ko’rsating.
− «Kuz» she’rini kim yozgan?
− SH. Saodullaning hayoti va ijodi haqida nimalar bilasiz?
4. SH. Saodullaning «Qovun sayli» hikoyasi bilan tanishtirish.
Hikoyaning birinchi darsga mo’ljallangan qismi o’qib
beriladi yoki magnit
tasmasi orqali eshittiriladi.
5. Kichik guruhlar bilan ishlash. O’quvchilar 4 guruhga bo’linadi. O’quvchilar
1, 2, 3, 4 deb sanaydilar. O’z raqamlari bo’yicha guruhlanib, stol atrofiga o’tiradilar.
Har bir stol atrofidagi o’quvchilarga hikoyaning qismlari bo’lib beriladi va
topshiriqlar konvertlarda uzatiladi.
Dostları ilə paylaş: