213
matndagi so’zlarga izoh berishga, ma’nosini tushuntirishga, o’qilganni qayta
hikoyalashga, umuman olganda, o’qishning ongli bo’lishiga mutlaqo e’tibor
berilmagan. Ularda ko’proq to’g’ri talaffuz, qiroat bilan o’qish, ifodali o’qish
nazarda tutilgan.
Hozir maktablarda o’qish izohli o’qish metodi asosida olib borilayotgan ekan,
quyidagicha savol tug’iladi:
Izohli o’qish nima?
Izohli o’qishga XIX asrning 60-70-yillarida rus pedagogi K. D. Ushinskiy asos
solgan, u o’qishda o’quvchilarni «ongli, tushunib, o’ylab o’qishga» o’rgatishni
alohida ta’kidlaydi va uni «Izohli o’qish» deb nomlaydi.
Izohli o’qish metodiga K. D. Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar
kiritdilar, takomillashtirdilar. Korf va Vaxterev izohli o’qish o’quvchilarga real
bilim berish vositasi desa, Vodovozov va Bunakov o’quvchilarga o’qish jarayonida
bilim badiiy asar tahlili va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan bog’liq holda beriladi,
degan fikrni ilgari suradilar.
Professor Asqar Zunnunov o’qitishning mazmuni va usullari haqida fikr
yuritib, o’quvchilarning oldin bilimlarni o’zlashtirishiga, so’ng yod olishlariga
e’tibor berilishi ta’lim jarayonida izohli o’qish deb nomlanganini ta’kidlaydi.
Demak,
Dostları ilə paylaş: