228
markazida so’z emas, bo’g’in bo’ladi. Natijada u so’zlarni
eslab qola olmaydi
20
.
Bu 4-sinf o’quvchilarining o’qish
tezligiga tatbiq etilsa, 125 so’zdan 100
so’zni eslab qoladi. Bu esa yuqori ko’rsatkichlarga erishish imkonini beradi. 4-
sinfda bir daqiqada 170-180 ta so’z o’qiydigan o’quvchilar ham bor.
O’qish tezligi to’rt yil davomida to’g’ri va ongli o’qish bilan bog’liq holda asta
ortib boradi. O’qish tezligini tekshirganda o’qituvchi o’qiladigan
materialning
xarakterini, ya’ni g’oyaviy-mavzuviy murakkabligini, so’z va gaplarning tuzilishini,
ularning bolalar nutqida
qaydarajada ishlatilishini, o’qishning to’g’ri
va ongli
bo’lishini hisobga oladi. O’quvchilarning o’qish tezligi har xil bo’ladi, albatta.
O’qituvchining vazifasi barcha o’quvchilarning o’qish
tezligini,
iloji boricha bir
xillikka keltirishdan iborat. O’qish sur’atini oshirishda tez aytishlarni, maqollarni
yod oldirish va matnni ovoz chiqarib o’qishni mashq
qilish kabilar samarali
usullardan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: