169
daxlsizligiga bo‘lgan huquqni himoya qilish vositalari) ni yanada takomillashtirishning
huquqiy, siyosiy, tashkiliy va institutsional chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bu
borada hokimiyatning jamoatchilik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotini rag‘batlantirishga
qaratilgan shart-sharoitlar yaratiladi, hokimiyatning o‘zi bunday muloqotning
tashabbuskori bo‘ladi. Bugungi kunda davlat hokimiyati organlarining tuzilmasida
jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar mavjudligi shu bilan
izohlanadi.
Siyosiy muloqotda elektron texnologiyalardan foydalanish bunday muloqot
ishtirokchilaridan yuksak darajadagi axborot madaniyatiga hamda birgalikda interfaol
harakat qilish madaniyatiga ega bo‘lishni talab qiladi. Ayni chog‘da, ta’lim qadri oshadi,
axborot mehnatiga, “jamiyat-hokimiyat” interfaol muloqotining yangi shart-sharoitlariga
eng ko‘p darajada tayyor bo‘lgan professional tahlilchilarga bo‘lgan qiziqish kuchayadi.
Elektron demokratiyaning qaror topishi shaxs mediamadaniyati oshishini taqozo etadi,
fuqarolarning axborot makonida taklif etilayotgan medianomalarni tanqidiy tahlil etish va
ularga xolis baho berish, axborot plyuralizmining, to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish
demokratiyasi amal qilishining ijtimoiy-madaniy va siyosiy qonuniyatlarining xos
xususiyatlarini tushunish borasidagi qobiliyatini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Bu borada Davlatimiz rahbarining “Elektron hukumat” tizimini, shu jumladan,
boshqaruv jarayonlari, shuningdek, biznes sohasiga va fuqarolarga davlat xizmatlari
ko‘rsatish tizimini shakllantirish konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishni
jadallashtirish, Axborot tizimlarining idoralararo va idoraviy komplekslarini integratsiya
qiladigan milliy tizimni yaratishga alohida e’tibor qaratish lozim”
197
degan fikrini alohida
qayd etish zarur.
Dostları ilə paylaş: