Individualizm. Bu g‘oyaga ko‘ra shaxs o‘z manfaatlarini o‘zgalar manfaatlaridan ustun
qo‘yadi. Individualizm jamoaviylikning jiddiy ko‘rinishi bo‘lib, u shaxsni jamiyatdan ayro
yashashga, qo‘ni-ko‘shnichilik, mahalla-ko‘ychilik va jamoaviylikka qarshi ruhda voyaga
yetkazadi. Bu illatga mubtalo bo‘lgan kishi o‘z manfaatlarini o‘zgalarnikidan ustun qo‘yadi, faqat
o‘zi uchun yashash odatini o‘zlashtiradi.
Egotsentrizm. Bu g‘oya inson «men»ligini ustuvor qo‘yishdan iboratdir. Unga ko‘ra,
inson har bir narsaga o‘zining «men»lik nuqtai nazaridan qaraydi. Buning eng tashvishli jihati
shundaki, unday odam o‘zini doimo haq deb biladi, o‘zgalarga nisbatan bepisand qarash,
o‘z xatti-harakatlarini mutlaqo to‘g‘ri deb bilish egotsentrizmning eng asosiy belgisidir.
Madomiki, ushbu madaniyat milliy qadriyatlarimiz ildiziga bolta urayotgan ekan, unga
qarshi kurashishimiz zarurdir. Bu esa quyidagi chora-tadbirlarni ko‘llashni taqozo etadi:
Kontrabanda yo‘li bilan yurtimizga kirib kelayotgan shahvoniy filmlar, turli pornografiyalar
vositasida axloqiy buzuqlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotlarni mamlakat ichkarisiga kiritmaslik.
Pinhona ish yuritayotgan fohishaxonalarning faoliyatiga chek ko‘yish tadbirlarini
kuchaytirish.
Qudratli davlatlarning qudratsiz davlatlar ustidan zo‘ravonligini madh qiluvchi har qanday
mahsulotlarni (kiyim kechaklar, videofilmlar va shunga o‘xshash narsalar)ning kirib
kelishiga, ayniqsa ularni yoshlarning ma’naviy iste’mol qilishlariga yo‘l ko‘ymaslik
ishlarini
uzluksiz tarzda tashkil etish.
Inson o‘zi uchun emas, o‘zini o‘zi ulug‘lab emas, balki jamiyat manfaati, yurt tinchligi, uning
ozodligi va obodligi, shu yurtda erkin va farovon hayot kechirish uchun yashashligini
g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish ishlarini izchil davom ettirish
kabilar tashkil etadi.
XX asrning 80-yillar ikkinchi yarmida sobiq sho‘rolar mamlakatida boshlangan istiqlolga
intilish harakatlari sho‘rolar davridagi mudroqlikka chek qo‘ydi. Kommunistik senzura hamma
vaqt yoqtirmay tanqid qilib kelgan “ommaviy madaniyat” ommaviy axborot vositasida
hayotimizga faol kirib keldi hamda aholi o‘rtasida yashindek yoyila bordi. Bunga katta
yoshdagilarning ma’lum darajada qarshilik ko‘rsatgani, qabul qilolmagani, an’anaviy madaniy
qadriyatlar ular ongu-shuuriga ancha chuqur o‘rnashgani ko‘zga tashlanib turdi. Lekin yoshlarning
katta qismi, ayniqsa, talaba yoshlar sho‘ro davri madaniy qadriyatlariga tanqidiy ko‘z bilan
qaradilar. Yangi zamon “ommaviy madaniyat” mahsulotlarining kutilgan xaridoriga aylandilar.
Ular uchun bu mahsulotlarning o‘zimizniki yoki xorijniki ekanligi unchalik
ham ahamiyatli emas
edi va hamon shu jarayon davom etmoqda. “Jahon to‘ri” deb nom olgan internet tizimi orqali
“ommaviy madaniyat” mahsulotlari hech qanday to‘siqsiz mamlakatimizga kirib kelmoqda va
ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng tarqalmoqda.
Ma’lumki, o‘smirlar, yoshlar, talabalar yangilikka intiluvchan, tengqurlariga havasmand,
modaparast, xorij standartlarini oson qabul qilishga ruju qo‘ygan bo‘ladi. Ulardagi ana shu
ijtimoiy-psixologik holat kirib kelayotgan shubhali qadriyatlarga tanqidiy yondashuvni cheklab
qo‘ymoqda. Maqbul yoki nomaqbulligi haqida muayyan fikr-mulohazasi bo‘lmagan yoshlar
hayotimizga, milliy mintalitetimizga mos kelmaydigan mafkuraviy mahsulotlarni matbuot orqali
qabul qilishga oshiqmoqda. “Ommaviy madaniyat” tashqi ko‘rinishi, oson o‘zlashtirilishi bilan
ularni qiziqtirmoqda. Turfa g‘oya va ramzlar zamonaviy modalar ommaviy madaniyat
mahsulotlari yoshlardan chuqur fikr-mulohaza yuritishni talab etmaydi, har xil hayot
tashvishlaridan, turmush muammolaridan “xalos” etadi, jasadni va ruhni dam oldirish, ularni
o‘qishga, bilim olishga emas, balki o‘ynab-quvnab, “yashab olish”ga chaqiradi. Aslida “ommaviy
madaniyat”ning, uni tarqatayotganlarning ham asl maqsadlari shundan iborat. Mamlakatimiz
aholisining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil etishini va “ommaviy madaniyat” mualliflari aynan
ana shu auditoriyani nazarda tutayotganini e’tiborga olsak, vazifalarimiz mas’uliyati aniq ayon
bo‘ladi.
Yoshlarning badiiy ehtiyojlarini qondirish, ular o‘rtasida “ommaviy madaniyat”
mahsulotlarining tarqalmasligi uchun muayyan ishlar amalga oshirilayotir, albatta ularning
san’atga, adabiyotga va boshqa ma’naviy mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganib borish hozir
izchil olib borilmoqda.
“Ommaviy madaniyat”ning hayotimizga bostirib kelishida dastlab ommaviy axborot
vositalari asosiy rolni o‘ynadi. Bugunga kelib esa, reklama uning ajralmas yo‘ldoshiga aylanib
qoldi. Bozor qonuniyatlari “ommaviy madaniyat” mahsulotlarini keng tarqatishdan manfaatdor
bo‘lib maydonga chiqmoqda. Zamonaviy audio-videotexnikalar, ovoz yozish va kuchaytirgich
asboblarining yuzlab turlari “ommaviy madaniyat” mahsulotlari reklamasi bilan kun
ko‘rmoqdalar. U sanoat asosiga ko‘chirilgach, o‘rtacha, bo‘sh “ommaviy madaniyat”
mahsulotlarini ko‘paytirish va sotish bo‘yicha qudratli tizim yaratildi. Istagan do‘kondan
dunyoning har qanday xonanda yoki sozandasi ijro etgan qo‘shiq, klip audiovideotasmasini topish
mumkin. San’atga, “ommaviy madaniyat”ga mas’uliyatsizlik bilan munosabatda bo‘ladigan,
yengil-yelpi ijod bilan elga tanilgan san’atkorlar armiyasi paydo bo‘ldi. O‘zlari shoir, o‘zlari
kompozitor bo‘lgan, musiqiy maxsus bilimi bo‘lmagan juda ko‘plab guruhlar paydo bo‘ldi va ular
o‘z mahsulotlarini istagancha reklama qilmoqdalar. Yoshlar esa ana shunday siyqasi chiqqan,
lekin ma’lum ma’noda “o‘z auditoriyasini topgan”, “san’atkor”lar armiyasi bilan yuzma-yuz
turibdilar. Reklama – yaratuvchi
kuch emas, balki u ommaviy psixologiyani aks ettiruvchidir.
Ba’zan kliplarda chiroyli qizlar va yigitlar nima deyotganligini o‘zlari ham
tushunishmaydi. Kuchli musiqa sadosi ostida nimalardir deyishadi, mashinalarga o‘tirib
qayerlargadir borishadi. “Ommaviy madaniyat” mahsuli bo‘lgan bunday “asarlar” millat
mentalitetini pasaytirishga xizmat qilayotgani sir emas. Reklama nima deydi? Birorta shirin
ichimlikni iste’mol qilib cheksiz rohat va farog‘at olish mumkin. Biror narsaga erishish uchun jon
kuydirish, ter to‘kib, mehnat qilish shart emas, ichimlikni sotib olish kerak va uni iste’mol qilish
kerak. Yoki yozib olingan fonogrammaga mos qilib, labni qimirlatib turaverish kerak, tamom
vassalom. Endi o‘sib, jamiyatga kirib kelayotgan yoshlarga, o‘smirlarga ham OAVlar shunday
ta’lim bermoqdalar va u qay bir darajada o‘z xaridorini topmoqda hamda ongiga ta’sir etmoqda.
Demak, “ommaviy madaniyat”ning ana shunday siyqalanib, jo‘nlashib borishi hammamizni
ogohlikka chorlashi lozim.
“Ommaviy madaniyat” o‘z g‘irdobiga yoshlarni tartib olmasdan oldin, ularni milliy urf-
odatlar, tarixiy qadriyatlarimiz ruhida tarbiya ishlarni jadallashtirishimiz lozim.
Dostları ilə paylaş: