NАZORАT SАVOLLАRI 1. Qaysi toʼqimalar qoʼzgʼaluvchan toʼqimaga taʼluqli?
2. Toʼqima qoʼzgʼalganda nima paydo boʼladi?
3. Tinchlik potentsialini ion tabiati qanday?
4. Qaysi toʼqimalar qoʼzgʼaluvchanlikka ega?
5. Qaysi toʼqimalar taʼsirchanlikka ega?
6. Xarakat potentsialini kelib chiqishini ion mexanizmi qanday?
7. Choʼqqi potentsiali qachon xosil boʼladi?
8. Qaysi toʼqima eng kam tinchlik potentsialiga ega?
9. Qoʼzgʼalganda qaysi ion oʼtkazuvchanligi tez oshadi?
10. Xujayra sirtida Na+ ni kontsentratsiyasi pasayganda xarakat potentsiali qanday oʼzgaradi?
11. Musbat iz potentsiali davrida qoʼzgʼaluvchanlik qanday oʼzgaradi?
12. Depolirizatsiya davrida qoʼzgʼaluvchanlik qanday oʼzgaradi?
13. Xarakat potentsiali qanday xossalarga ega?
14. Membrana depolyarizatsiyasi deganda nima tushiniladi?
15. Potentsial reversiyasi nima?
MАSHGʼULOT № 3. TА’SIRLASH QONUNLАRI MАVZUNI OʼRGАNISH DАVOMIYLIGI MАSHGʼULOT MАQSАDI - Qoʼzgʼaluvchanlik darajasini baxolash usullari xaqida taesavvur olish
- Аsab va mushakni qoʼzgʼaluvchanligini solishtirish
- Qoʼzgʼaluvchan toʼqimalarni taʼsirlash qonunlarini oʼrganish
- Toʼqima reaktsiyalari uchun taʼsirot kuchini, taʼsirot davomiyligini, kuchini ortib borish tikligini axamiyatini aniqlash
- Toʼqimaga doimiy tok taʼsirini qutbliligini kuzatish
PEDАGOGIK VАZIFАLАR Talaba quyidagi savollarni bilishi kerak:
1. Qoʼzgʼaluvchan toʼqimalarning javob reaktsiyasi uchun taʼsirot kuchini va axamiyatini
2. “Kuch-davomiylik” egri chizigʼini
3. Qoʼzgʼalish uchun taʼsirot kuchini ortib borish tikligini axamiyatini
4. Аkkomadatsiya xodisasi, uning biologik axamiyati
5.Qoʼzgʼaluvchan toʼqimalarga doimiy tok taʼsirini qutbliligini
6. Fiziologik elektroton, perielektroton xodisalarini
7. Qoʼzgʼaluvchan toʼqimalarda “Bor va yoʼq” qonunini tadbiq etilishini