O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə209/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Gazlarning qonda tashilishi. Qonda kislorodning tashilishi. Kislorod qonda ikki xil - erigan va gemoglobin bilan birikkan holda tashiladi. Qon plazmasida kislorod juda kam miqdorda erigan holda boʼladi. Harorat 370C boʼlganda uning eruvchanligi 0,03 ml/l -1 mm sim ust ga teng. 100 ml qonda tarangligi 100 mm sim ust boʼlganda, erigan holda 0,3 ml kislorod boʼladi. Bu tirik organizm hayot faoliyati uchun yetarli emas.
Kislorodning asosiy qismi gemoglobin bilan birikkan holda tashiladi. Gemoglobin nafas pigmenti boʼlib, tarkibida oʼziga xos oqsil qismi globin va oʼzida ikki valentli temir tutuvchi gem dan tashkil topgan. Gemoglobin kislorod bilan oson dissotsiatsiya boʼluvchi birikma oksigemoglobinni hosil qiladi. Bunda temirning valentligi oʼzgarmaydi.
Gemoglobin toʼla toʼyinguncha qon bilan birikkan kislorodning miqdori qonning kislorod sigʼimi deyiladi. Qonning kislorod sigʼimi gemoglobin miqdoriga bogʼliq. 1 gr gemoglobin 1,36 ml kislorodni biriktirib olishi mumkin. Qonda gemoglobin miqdori 14 g % boʼlsa, 100 ml qon 19 ml kislorodni biriktira oladi. Qonning kislorod sigʼimi 100 ml qon biriktira oladigan kislorodning maksimal miqdori bilan belgilanadi. Sogʼlom odam arterial qonida gemoglobinning kislorod bilan toʼyinishi 96% ni tashkil qiladi.
Gemoglobinning oksigemoglobinga aylanishi qonda erigan kislorodning tarangligi bilan bogʼliq. Ular orasidagi bogʼliqlikning grafik tarzda ifodalanishi oksigemoglobinning dissotsiatsiya egri chizigʼi deyiladi. Аgar abtsissa oʼqiga kislorodning partsial bosimi, ordinata oʼqiga-gemoglobinning kislorod bilan toʼyinish % qoʼyilsa, oksigemoglobinning dissotsiatsiya egri chizigʼini olamiz.
Bu egri chiziq «S» shaklida boʼlib, chiziqning chap qismi tik yuqoriga koʼtarilgan, oʼng qismi esa deyarli gorizontal yoʼnalishda boʼladi. Kislorodning tarangligi 10 dan 40 mm sim ust ga koʼtarilganda oksigemoglobin miqdori 75% gacha koʼtariladi. Kislorodning tarangligi 60 mm sim ust ga yetganda oksigemoglobin miqdori 90% ni tashkil qiladi. Soʼngra toʼliq toʼyinish juda sekin boʼladi.
Kislorodning partsial bosimi past boʼlganda oksigemoglobin dissotsiatsiyaga uchrab, kislorod ajraladi. Oksigemoglobin dissotsiatsiya egri chizigʼi harorat koʼtarilganda, muhitda vodorod ionlari miqdori ortganda oʼng tomonga siljiydi.
Bu egri chiziq dissotsiatsiyasi karbonat angidridning qondagi tarangligiga ham bogʼliq, u ortganda kislorodning toʼqimalarga oʼtishi tezlashadi. Kislorodni koʼp isteʼmol qiluvchi aʼzolarda (muskul, jigar, yurak, buyrak) oksigemoglobin koʼproq dissotsiatsiyalanadi. Harakat pasayganda, karbonat angidridi tarangligi pasayganda, eritrotsitlarda 2,3-difosfoglitserat miqdori ozayganda, dissotsiatsiya egri chizigʼi unga tomon siljiydi, kislorodning gemoglobin bilan bogʼliqligi kuchayadi.
Gemoglobinning kislorod bilan birikmasi doimiy mustaxkam emas. Unga quyidagi omillar taʼsir etadi:
1. Eritrotsitlarda maxsus 2,3-difosfoglitserat moddasi mavjud. Qonda kislorodning tarangligi pasayganda uning miqdori ortadi.
2. Qonda vodorod ionlari miqdori ortishi yoki kamayishi.
3. Qonda karbonat angidrid miqdori ortishi yoki kamayishi.
4. Haroratning ortishi yoki kamayishi.
Qonda karbonat angidridning tashilishi. Moddalar almashinuvining oxirgi mahsuloti boʼlmish karbonat angidridi qonda erigan va kimyoviy birikkan hollarda tashiladi. 100 ml venoz qondan 55-58 % hajm karbonat angidridi gazini ajratib olish mumkin. Unda 2,5 % hajm qonda erigan, 4,5 % hajm gemoglobin bilan birikkan (karbgemoglobin) va 51 hajm % karbonat kislotasining kaliyli va natriyli tuzlari tashiladi.
Karbonat angidrid toʼqimadan kapillyarlarga oʼtib, turgʼun boʼlmagan karbonat kislotasini hosil qiladi:
CO2+H2O= H2CO=H++HCO3-
Bu qaytar reaktsiya muhitdagi CO2 ning tarangligiga bogʼliq. Bu reaktsiya eritrotsitlar ichida boʼladigan karboangidraza fermenti taʼsirida (20000 barobar) tezlashadi.
Karbonat angidrid birikmalari, bikarbonat tuzlarining tashilishida eritrotsitlarning ahamiyati katta. Toʼqimalarda hosil boʼlgan CO2 kapillyarlarga oʼtadi va plazmada eriydi.
Plazmadan CO2 eritrotsitga oʼtadi va karboangidraza fermenti ishtirokida karbonat kislotaga aylanadi. Natijada HCO3 molekulalari miqdori ortadi va qontsentratsiya gradienti boʼyicha plazmaga chiqadi. Plazmada K+ va Na+ kationlari bilan birikib, bikarbonat tuzlarini hosil qiladi. Kationlar oʼrniga xlor anioni eritrotsit ichiga oʼtadi va osmotik bosimning sal koʼtarilishiga sabab boʼladi. Natijada eritrotsitlarga suv oʼtib, hajmi sal kattalashadi. Shuning uchun ham katta qon aylanish doirasi kapillyarlari eritrotsitlarining hajmi sal kattaroq.
Аyni vaqtda oksigemoglobindan kislorod ajraladi va toʼqimalarga oʼtadi. Gemoglobin bilan bogʼlangan kaliy karbonat kislota taʼsirida ajrab chiqadi va kaliy bikarbonat hosil qiladi. Kislotadan ajralgan N+ ionlari gemoglobin bilan birikib, kam dissotsiatsiyalanadigan qaytalangan gemoglobin (NNV) hosil qiladi. Qaytalangan gemoglobin CO2 ning bir qismini oʼziga biriktirib, karbogemoglobinga (NNVSO2)aylanadi. Eritrotsit toʼqima kapillyarlaridan oʼtayotganda karbonat kislotasi kaliy ionlarini chiqarib yuboradi:
KNVO2+N2SO3=NNV +O2+KNSO3
NSO3- ionlarining bir qismi plazmaga oʼtib natriy ionlari bilan birikadi, eritrotsit ichiga esa xlor ionlari ion muvozanatini saqlash uchun oʼtadi.
Oʼpka kapillyarlarida venoz qondan CO2 ning bir qismi alveolalarga utadi. Аlveolyar xavoda SO2 ning partsial bosimi venoz qondagi CO2 ning tarangligidan pastrok boʼlgani uchun, CO2 kapilyarlardan alveolyar xavoga diffuziya yuli bilan utadi. Bu kuyidagi reaktsiya bilan tushintiriladi:
NNV+O2+KNSO3=KNVO2+N2SO3
Hosil boʼlgan karbonat kislotasi parchalanishini karboangidraza fermenti keskin tezlashtiradi, natijada CO2 alveolyar havoga oʼtadi.
Karbonat angidridning qonga birikishi va undan ajralib ketishi uning qondagi partsial tarangligiga bogʼliq. Karbonat angdridi dissotsiatsiya egri chizigʼini hosil qilish uchun ordinata oʼqiga qonga birikkan karbonat angidridining hajmi % va abbstsissa oʼqiga SO2 ning partsial tarangligi qoʼyiladi.
Pastki egri chiziqdagi А nuqta CO2 ning 40 mm sim ust ga teng boʼlgan tarangligiga, yaʼni arterial qonda mavjud boʼlgan taranglikka toʼgʼri keladi. Bu qonda uning miqdori 52 hajm % bikarbonatlar holatida boʼladi. Yuqoridagi egri chiziqning nuqtasi SO2 ning 46 mm sim ust ga teng boʼlgan tarangligiga toʼgʼri keladi. Venoz qonda esa 58 hajm % SO2 birikkan holda, yuqoridagi va pastdagi egri chiziqning АV chizigʼi arterial qon venoz qonga aynalanayotganda va aksincha, venoz qon arterial qonga aynalanayotganda uningSO2 biriktirish xossasining oʼzgarishiga mos keladi.
Toʼqimalarda gazlar almashinuvi. Katta qon aylanishi doirasi kapillyarlari va toʼqimalar orsida kislorod va karbonat angidridi gazlarining almashinuvi oddiy diffuziya yoʼli bilan sodir boʼladi. Gazlarning oʼtishi kapillyar, toʼqima va interstitsial suyuqliklar orasidagi ularning tarangligi farqi boʼyicha amalga oshadi.
Kislorodning tarangligi uning isteʼmol qilinadigan joylarida eng past boʼladi. Biologik oksidlanish jarayoni kechadigan joy mitoxondriyalarda 0,5 mm sim ust ga yaqin boʼladi. Oksigemolobin dissotsiatsiyasi natijasida ajralib chiqqan kislorod molekulalari past taranglikka ega boʼlgan joylarga oʼta boshlaydi. Toʼqimalarda kislorodning tarangligi koʼpchilik omillarga bogʼliq: qon oqish tezligiga, kapillyarlarning tuzilishi va bir-biri orasidagi masofaga, hujayralarning kapillyarlarga nisbatan joylashishiga, oksidlanish jarayonlari faolligiga va x.k. Toʼqimalararo suyuqlikda kislorodning tarangligi 20-40 mm sim ust ga teng.
Kapillyarlardan oʼtayotgan qondan toʼqimaga oʼtgan O2 miqdorining qon O2 sigʼimiga nisbati - qonning kislorod sigʼimi - kislorodning oʼtilizatsiya koeffitsienti deb ataladi. Tinch turgan vaqtda bu koʼrsatgich 30-40% ga teng.Toʼqimalarning kislorodga boʼlgan ehtieji turli boʼlganligi uchun kislorodning utilizatsiya koeffitsienti ham turlicha boʼladi. Masalan: miokardda, miyaning kulrang moddasida, jigarda 40-60% ga teng. Ogʼir jismoniy ish bajarganda skelet muskullarida va yurakda 90% gacha yetadi. Bosh miyaning kulrang moddasida oq moddasiga nisbatan 8-10 barobar yuqori. Buyrakning poʼstloq moddasida magʼiz moddasiga nisbatan 20 barobar yuqori.
Karbonat angidridning hujayralardagi tarangligi 60 mm sim.ust gacha boʼladi. Toʼqimalararo suyuqlikda 46 mm sim.ust ga teng. Аrterial qonda esa 40 mm sim ust ga teng. Karbonat angidridi bosimlar gradiyenti boʼyicha toʼqimadan kapillyarlarga oʼtadi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin