5300 m balandlikdan boshlanadi. Yuqori oqimida Himolay tog‘lariii kesib utib
cho‘dur daralar hosil qiladi. O‘rta qismida pastrod toglarni yorib utib Hind-Gang
tekisligiga chiqadi. Quyi qismida Tar cho‘lidan utib, Hind okeanining Arabiston
dengiziga quyilish joyida delta hosil qiladi. Hind daryosiga Krbul, Kupar, Panjnad,
Satlej, ’Grimob kabi sersuv irmoqlar kelib qushiladi. Daryo va uning yirik
irmoqlari yuqori tog‘li qismida asosan qor va muzliklardan, o‘rta va quyi qismida
musson yomg‘irlaridan quyiladi. Bahor va yoz oylarida to‘lib oqadi. Hind
havzasidaga
11 mln. ga agrolandshaftlar shu daryo suvidan bahramand bo‘ladi.
Gang (Ganga) Janubiy Osyyoning eng sersuv va Hindistoning muqaddas
daryosi hisoblanadi, Gang havzasining geografik joylashishi yirik sersuv daryo
tizimi hosil bo‘lishi uchun nidoyatdd qulay. Daryo atmosfera yemshlariga boy
bo‘lgan Himolay tog‘larining janubiy yon bag‘rlaridan va uning baland tog‘
muzliklaridan boshlanadi. Keng allyuvial. pasttekislikka chiqqandan keyin ham
musson yomg‘irlaridan to‘yinadi. Gang daryosining uzunligi 2700 km, havzasining
maydoni 1125 min kg², Braxmaputra bilan birgalikda 2025 ming km2. O‘rtacha
yillik suv sarfi Bxagalpur shahri yaqinida 13000 m³/sek. ni, quyilish joyida esa
Braxmaputra daryosi bilan birgalikda 38000 m³ sek.ni tashkil etadi. Gang
Braxmaputra bilan birgalikda sersuvligi jihatidan Yer kurasida Amazonka va
Kongodan keyin uchinchi o‘rinda turadi Gang Himolay tog‘larining) 4500 m
balandlgidan boshlanuvchi Bxagiraxti va Alaknanda daryolarining quyilishidan
hosil bo‘ladi. Unga o‘ng tomondan Jamna, So‘n, Damodar va chap tomondan.
Gomati, Gandak, Bagmati, Maxananda va boshqa irmoqlar kelib qushiladi. Ammo
Dekan yassi tog‘ligidan Gangaga juda kam irmoqlar quyiladi. Daryo mayning
boshlaridan sentyabrning o‘rtalarigacha to‘lib oqadigan tipik musson harakterga
ega. Gang Braxmaputra daryosi bilan Hind okeanining Bengal qultig‘iga qo‘yilish
joyida maydoni 80000 km2 (ayrim manbalarda 100000 km2) bo‘lgan juda katta
delta hosil qiladi. Delta dengizdan 500 km uzoq masofadan boshlanadi. Okeanga
har yili o‘rta hisobda 350 mln t. ga yaqin oqiziq keltiradi. Daryodan suv transporta
sifatida va qishloq xo‘jalik ekin maydonlarini sug‘orishda keng foydalaniladi.
Dunay YYevropaning eng yirik daryolaridan biri bo‘lib, uzunligi jihatidan
Volgadan keyin ikkinchi, Yevrosiyo daryolari ichida tuqqizinchi o‘rinda turadi.
Uning uzunligi 2850 km, havzasining maydoni 817000 km.2, o‘rtacha yillik suv
sarfi. quyilish joyida 6430 ’ m3/sek. Dunay
Shvarsvald massivining 1000 m balandlikdagi sharqiy yon bag‘ridanboshlanib,
Atlantika okeani havzasidaga Kora dengizga quyiladi. Bu daryo oqim harakteriga
ko‘ra yuqori, o‘rta va quyi Dunayga bo‘linadi.Yuqori Dunay Venagacha davom
etib, balandliklar va platonlarni kesib utib, cho‘qur va tor vodiylar hosil qiladi.
O‘rta Dunay Venadan Temir Darvozagacha davom etib O‘rta Dunay tekisligidan
keng vodiy bo‘ylab oqadi. Bu yerda. vodiyning kengligi 5-20 km gacha boradi.
Quyi Dunay Temir darvozadan dengizga quyilish joyigacha davom etib Quyi
Dunay pasttekisligidan oqadi. Bu yerda ham vodiyning kengligi 7-20 km atrofida.
Dunayning 300 ta katta va kichik irmog‘i bor, shundan 34 tasida kemalar qatnaydi.
Eng yirik irmoqlari Inn, Drava, Sava, Morava, Tisa, Olt, Siret va Prut hisoblanadi.
Daryo dengazga quyilish joyida tarmokdarga bulinib, maydoni 3500 km2
keladigan delta hosil qiladi. Dunayning suv rejimi ancha murakkab. Bahorda to‘lib,