harorati Bayrutda 13°S ni, Suriyada 4°, 5°S ni, O‘lik dengiz atrofida 11°, 12°S ni
tashkil etadi. Atmosfera yog‘inlari g‘arbdan sharqqa va shimoldan janubga tomon
kamayib boradi. Livan tog‘larining g‘arbiy yon bag‘rlarida 1000-2000 mm, Isroil
va Iordaniya pasttekisliklarida 500 mm, O‘lik dengiz sohillarida 200 mm yog‘in
tushadi. Tog‘ vodiylarida va sharqiy rayoniarda 500-300 mm atrofida yomg‘ir
yog‘adi.
Er usti suvlari kam rivojlangan. Tog‘larning g‘arbiy yon bag‘ridan
boshlanuvchi daryolar qisqa va kam suv. SHulardan doimiy oqimga ega bo‘lgan
Naxr-ul-Litani va Naxr-ul-Asi daryolari O‘rta dengizga quyiladi. Eng yirik Iordan
daryosi Xermon massividan boshlanib, Gxor grabenidan oqib o‘tadi va O‘lik
dengizga quyiladi. Levantda tektonik cho‘kmalarda hosil bo‘lgan ko‘llar ham bor.
Bular O‘lik dengiz, Tiveriada va Xula ko‘llaridir. O‘lik dengiz suvining sho‘rligi
jihatidan dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Suvining o‘rtacha sho‘rligi 260 °/
00
,
chuqurlikka tushgan sayin bu ko‘rsatgach 300°/
00
dan ham oshadi.
Levantning tuproq-o‘simlik qoplami subtropik xarakterga ega. Dengiz
sohillarida va tog‘larniig g‘arbiy yon bag‘rlarida O‘rta
dengiz subtropigiga xos
landshaftlar tarkib topgan. YAxshi rivojlangan qizil va jigar rang tuproqlar makvis
va gariga tipidagi doimiy yashil butazorlar bilan qoplangan. Doimiy yashil emanlar
juda siyrak tarqalgan. YOg‘ingarchilik ko‘p bo‘ladagan joylarda chinor va zarash
lardan tashkil topgan keng bargli o‘rmonlar va sarv bugazorlari uchraydi.
Oblastning janubiy qurg‘oqchil rayonlarida kserofit qiyofadagi butazorlar paydo
bo‘ladi. Typik sho‘r tuprokli cho‘llarda shuvoq, sho‘ra, olabuta, saksovul va
akandyalar o‘sadi. Tog‘larning 1000 m
dan yukori kismida Livan kedri, pixta,
alepp qarag‘ayi kabi igna bargli endemik daraxtlar, 2000 m dan balandda
daraxtsimon mojjevelniklar, eng baland qismida esa alp o‘tloqzorlari joylashgan.
Levantda dehqonchilikning sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan
turlari
rivojlangan. Tog‘larning terrasalashtirilgan quyi qismida bananlar, sitruslar, baland
qismida toklar, zaytul daraxtlari, shaftoli, olma va noklar ekiladi. Qurg‘oqchil
rayonlardagi cho‘l landshaflari o‘rtasida voxalar uchraydi.
Janubiy voxalarda
tropik o‘simliklardan finik palmasi keng tarkalgan.
Levantning fauna tarkibida qoplon, sirtlon, chiyabo‘ri, karakallar uchraydi.
Tog‘ o‘rmonlarida yovvoyi echki, toshloq erlada damanlar yashayda.
Kemiruvchilardan qo‘shoyok, jayra va quyonlar harakterli.
Dostları ilə paylaş: