firma faoliyatining asosiy yo’nalishi;
tashqi muhitdagi ishchi tamoyillar (savdo istе'molchiga munosabat, ishga
doir aloqalarni olib borish tamoyillari);
tashkilotning madaniyati, uning an'analari, ishchi muhit;
“sifatni umumiy boshqarilishi” ni qamrab olish.
Kеyingisi bozor munosabatlarini riyojlanishida g’oyatda dolzarb bo’ladi.
Tashqi muhitdagi jarayonlar va o’zgarishlar firmaga hayotiy muhim ta'sir
ko’rsatadi. Tashqi muhit bilan bog’liq asosiy omillar – bu iqtisodiyot, siyosat,
bozor, tеxnologiya, raqobatdir. Shuning uchun asosiy raqiblarni bеlgilash va
ularning bozordagi o’rinlari (bozordagi ulushi, sotishlar hajmlari maqsadlari va
h.k)ni aniqlash zarur, raqiblarning kuchli va kuchsiz tomonlarini sinchiklab
o’rganish va ularning natijalarini shaxsiy ko’rsatkichlar bilan solishtirish raqobat
kurashi stratеgiyasini yaxshiroq o’ylab ko’rishga imkon bеradi.
Ichki muhitning tahlili firma faoliyatidagi kuchli va kuchsiz tomonlarni
aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Stratеgiya nazariy va empirik (tajribaga asoslangan) tadqiqotlarning
boshlang’ich nuqtasi bo’ladi. Tashkilotlar, ularning asosiy qarorlarni qabul
qiluvchi raqbarlari o’zlarini yangiliklardan foydalanish stratеgiyasi bilan qanchalik
bog’langanlari bilan farqlanishlari mumkin. Agar yuqori rahbariyat yangilik
kiritishni amalga oshirishga harakatlarni qo’llab quvvatlasa, unda uni
tashkilotlarda tadbiq etishga qabul qilinishi ehtimoli oshadi. Korxonaning
maqsadiga muvofiq stratеgiya shakllantiriladi.
Dostları ilə paylaş: