Savol va topshiriqlari:
1.
Milliy istiqlol mafkurasining vazifalari nimada deb o‗ylaysiz?
2.
Milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini tushuntiring?
3.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 18 iyulda qabul
qilgan qarori nimalarni o‗z ichiga olgan?
4.
O‗zbekiston xalqlari tarixining dolzarb muammolarini tushuntiring?
183
XIV-BOB. TARIX FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so`ng tarix faniga
e`tibor kuchaymoqda. Jahon tarixi va madaniyati yutuqlarini chuqur o`rganish
zarurligini his qilmoqdalar.
Tarixshunoslik, avvalo, tarix fanini chuqur va har tomonlama bilimni talab
etadi. Zero, tarixni bilmay turib, O`zbekiston va jahon tarixini har tomonlama
o`rganish, uning rivojlanishini kuzatib borish, hozirgi davr nuqtai-nazaridan
qanday masalalarni hal etish kerakligini aniqlash ancha murakkablashadi.
O`zbekistonda Vatanimiz va xorijiy mamlakatlar tarixi tarixshunosligini
o`rganishdagi dolzarblik, umuman tarix fanining eng qadimgi davrlardan to hozirgi
davrga qadar rivojlanish yo`lini yoritib berish tarixshunoslikning eng muhim
vazifalaridan biridir. Tarixshunoslik fanining tarix fanlari tizimida egallagan o`rni
va ahamiyati shundakim, barcha davrlardagi tarixchilarning boy merosini tanqidiy
o`rganib, ularning eng qimmatli yutuqlaridan, Milliy istiqlol g`oyasini yoshlar
ongida shakllantirishda, O`zbekiston Respublikasida yangi jamiyat qurishda
foydalanishdan iborat.
Tarix fani ijtimoiy taraqqiyot va o`tmishga oid har xil voqea hodisalarning
izchil rivojlanishi, ularning qachon, qaerda qanday holatda yuz berganligi hamda
insoniyatning paydo bo`lishi, tadrijiy-evolyutsion takomil jarayon va boshqalarni
o`rganadi.
Tarix fani kishilik jamiyatni bosib o`tgan tarixiy yo`lni qonuniyatli bir
jarayon sifatida, ayniqsa, ulug` ajdodlarimizning hayoti, turmush tarzi, dini va
e`tiqodini o`rganishda xizmat qiladi. Respublika mustaqillikka erishganining
dastlabki yillaridanoq uzoq va yaqin tarixni chuqur o‗rganish, eng ishonchli
manbalarga tayangan holda O‗zbekistonning yangi tarixini yaratish masalasiga
jiddiy e‘tibor berila boshlandi. Buning natijasida sobiq sovet mafkurasi ta‘sirida
soxtalashtirib ko‗rsatilgan ko‗plab tarixiy voqeliklar o‗zining haqqoniy bahosini
oldi. Jumladan, ilmiy tadqiqot ishlari va innovatsion faoliyatni rag‗batlantirish
dasturi doirasida tadqiqotchilar oldiga XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr
boshlarida Turkiston general-gubernatorligi ma‘muriy boshqaruv idoralari faoliyati
tarixini manbashunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etish vazifasi qo‗yildi. Tanlangan
mavzuni ilmiy tahlil qilish zaruriyati «… mahalliy va xorijlik tadqiqotchilarning
tarixiy manbalar bilan ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, tarixiy-
madaniy merosimiz namunalarini har tomonlama chuqur o‗rganish, yosh avlodni
xalqimizning buyuk ma‘naviy merosiga hurmat, ona yurtimizga mehr va sadoqat
ruhida tarbiyalash» kabi vazifalarni amalga oshirish bilan belgilanadi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17-fevraldagi
PQ 2789-sonli «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish,
184
boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‗g‗risida»gi, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27
iyuldagi 315-sonli «O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti
faoliyatini takomillashtirish to‗g‗risida»gi, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-sonli «Oliy o‗quv yurtidan keyingi
ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi qarorlari va
boshqa me‘yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarishga mazkur
dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
XX asrning 90-yillarning boshida, sobiq SSSR hududida mustaqil
davlatlarning tashkil topishi bilan tarix fanidagi ahvol tubdan o`zgara boshladi.
Ana shu davrdan boshlab O`zbekistonda mamlakat tarixining sovet davrida
noto`g`ri baholangan, buzib ko`rsatilgan sahifalarini qayta ko`rib chiqish va idrok
etishga kirishildi. SHu boisdan ham tarixshunoslik fani, mutaxassis tarixchilarni
nazariy-uslubiy jihatdan tayyorlash tizimda asosiy o`rin egallaydi. Tarixshunoslik
fanining bosh mavzusi mamlakatimizda tarix fani rivojlanishining qonuniyatlarini
uning jamiyatimiz ijtimoiy-ilmiy fikrida egallagan o`rnini va xalqimizning
ma`naviy madaniyati taraqqiyotini o`rganish bilan belgilanadi.
Tarixshunoslik fani mustaqilligimiz davrigacha va hozirgi zamon tarix fani
saboqlarini umumlashtiradi, milliy istiqlol mafkurasi nuqtai-nazaridan haqiqiy
tariximizni o`rganishning mohiyati va ahamiyatini ko`rsatadi, tarixiy ob`yektivlik
doirasida barcha nazariy-uslubiy va aniq-tarixiy dunyoqarashlarni o`rganishni
tadbiq etadi.
Tarixshunoslik tushunchasi ikki ma`noda qo`llaniladi:
1.
Tarixiy bilimlar taraqqiyoti va tarixiy tadqiqot usullariga doir fan ma`nosida.
2.
Muayyan tarixiy davrga yoki muammoga bag`ishlangan taraxiy tadqiqotlar
majmuasi ma`nosida (masalan, hozirgi davr tarixshunosligi, o`rta asrlar davri
tarixshunosligi, qadimgi dunyo tarixi tarixshunosligi va h.k.)
O`zbekiston
tarixining
tarixshunosligi
deganimizda,
O`zbekiston
xalqlarining eng qadimgi zamonlardan hozirgacha bo`lgan tarixiga manba bo`lib
xizmat qiluvchi tarixiy tadqiqot, ya`ni tarixshunoslik asarlarini tushunamiz.
Demak, tarixshunoslik kursidan olingan bilimlar asosida bo`lajak mutaxassislar-
tarixchi, muzeyshunos, arxeolog, faylasuf, san`atshunos va sotsiologlar tarix
fanining turli davrlardagi tajribasi, mavqeini va vazifasini bilib oladilar.
Tarixshunoslik fani yurtimiz tarixi to`g`risida xolis va ob`yektiv bilim
olishga, o`zligimizni anglashga, boy va qadimiy madaniyatimizni bilishga xizmat
qiluvchi tarix fanining muhim sohalaridan biridir.
Tarixiy manba va adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilish: Tarix fan sifatida
qachon va qanday paydo bo`lgan? – degan savolga javob topish tarixiy manba va
185
adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilishdir. Bu savolga javob berish uchun qadimgi davr
tarixnavisligiga (manbalarga) murojaat qilamiz.
Tarixiy manba deganda nimani tushunamiz?
Tarixiy manba deganda uzoq o`tmishda qolgan, tabiat va jamiyatning
ma`lum bosqichdagi kechmishini o`zida aks ettirgan moddiy va ma`naviy
yodgorliklarni tushunamiz.
Moddiy yodgorliklarga – qadimiy obidalar, manzilgohlari va mozorlar,
shaharlar, qasrlar va qal`alar xarobalari, uy-ro`zg`or buyumlari va boshqalar kiradi.
Ma`naviy yodgorliklar deganda qadimgi yozuvlar, xalq og`zaki ijodi
namunalari, afsonalar, yozma yodgorliklar-bitik, qo`lyozma kitob, hujjatlar va
arxiv materiallari tushuniladi.
Umuman, tarixiy manba inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo bo`lgan va
uning xususiyatlarini o`zida aks ettirgan moddiy va ma`naviy yodgorliklardan
iboratdir.
Shuni alohida ta`kidlash zararki tarixni, u qadimgi dunyo tarixi bo`ladimi,
yoki o`rta asrlar tariximi, yo bo`lmasa yangi davr tarixi bo`ladimi, undan qat‘iy
nazar, uni manbasiz, aniqrog`i birinchi manbasiz, o`rganib bo`lmaydi. Masalan,
ya`ni qadimgi dunyo tarixini o`rganish uchun ashyoviy (arxeologik) manbalar:
qadimgi shaharlar, qal`alar, suv va mudofaa inshootlarini va umuman qadimgi
odamlardan qolgan mehnat qurollari hamda zeb-ziynat ashyolari birinchi manba
bo`lib xizmat qiladi. O`rta asrlar xususan VIII-XIX asrlar tarixini arab, fors, turkiy,
xitoy va hind tillarida yozilgan qo`lyozma asarlarsiz o`rganib bo`lmaydi. Yangi
zamon tarixini o`rganishda esa davlat va mahalliy hukmdorlar mahkamasidan
chiqqan hujjatlarsiz, ya`ni arxiv materiallarisiz o`rganib bo`lmaydi.
Shu o`rinda yana bir zarur gapni aytib o`tishga to`g`ri keladi. Ma`lumki,
manbadan foydalanishning o`zi bo`lmaydi. Buning uchun tadqiqotchi birinchi
navbatda xorijiy tillarni yaxshi bilishi bilan birga o`sha tillarda yozilgan tarixiy
manba va adabiyotlardan qiyosiy tahlil qilib foydalana olish malakasiga ham ega
bo`lishi lozim.
Bir so`z bilan aytganda tarixshunoslikni tarixiy manba va adabiyotlarni
qiyosiy tahlil qilmasdan o`rganib bo`lmaydi.
Dostları ilə paylaş: |