5 6 7 8 9 10 Muxokama uchun savollar: 1.
Kartoshkaning qanday nav belgilarini bilasiz?
2.
Tuganak shakli va gul tuzilishigakoʻra kartoshka navlari bir biridan
qanday faq qiladi?
39
KARTOSHKA URUGʻCHILIGIDA O`TKAZILADIGAN TAXLILLAR. Darsning maqsadi:Talabalarga
kartoshka
urugʻlik
paykallarida
oʻtkaziladigan laboratoriya taxlillari bilan tanishtirish.
Topshiriq:
1.Serologik analiz usullari bilan tanishish.
2. Immunoferment analiz usullari bilan tanishish. Sogʻlomlashtirilgan oʻsimliklarni qaytadan kasallanishdan saqlash
birlamchi urugʻchilikning asosiy vazifalaridan biridir. Bu ko`proq viruslarni
aniqlashda qo`llaniladigan usullarga bog`liq. Urugʻchilikda kasallangan oʻsimliklar
va tuganaklar quyidagi usullar bilan aniqlanadi:
Kuzatish (vizual usuli). Bu usul asosan oʻsimlik o`suv davrida (uch marta
unib chiqish, gullash va xosilni yigish oldidan) oʻtkaziladi. Birinchi va ikkinchi
kuzatishda asosan rangdorlik kasalliklariga, oxirgisida esa koʻproq barg buralish
kasalligiga e‘tibor qilinadi. Bu kuzatishlar xavo bulutli kunlarda o`tkazilsa,
maqsadga muvofiq bo`ladi. Chunki, bunday vaqtda kasallik belgilari yaqqol
koʻrinadi. Shuni ham xisobga olish kerakki, ba‘zi navlarning morfologik belgilari
(barglarning tuzilishi, rang va x.k) ba‘zi virus kasalliklariga o`xshab ketadi.
Bundan tashqari, ayrim kasallik va zararkunandalar bilan zararlangan oʻsimliklarda
ham virus kasalliklariga oʻxshash belgilar paydo bo`lishi mumkin. Masalan, ba‘zi
oʻstiruvchi moddalar yoki gerbitsidlar sepilganda barg buralishi, harorat va tuproq
namligining keskin oʻzgarishi, tarkibida koʻp xlor boʻlgan oʻgʻitlarning
ishlatilishidan yoki tuproqda azot va marganesning yetishmasligidan kelib
chiqadigan oʻsimlikdagi xloroz belgilari, pastki barglarning nam yetishmasligidan
yoki tuproqning kuchli zichlashib ketishidan paydo boʻladigan oʻsimlik
barglarining buralishi, oʻsimlikning rizokitonioz va boshqa kasalliklar bilan
kasallanganligi sababli buralishi kabilar.
40
Shuning uchun ham urugʻchilikda oʻsimliklarni kuzatish ishlarini joyning
tuproq – iqlim sharoitini, nav va kasallik belgilarini bilgan mutaxassis oʻtkazishi
lozim.