142
Marksizmning sinfiy kurash nazariyasiga ―sotsial nizo‖ (konflikt)
ta`limotini qarshi qo`yadi, bu nizolar antagonistik xarakterga ega emas.
Mutaassislar bir-birlari bilan kurashishi emas, hamkorlik qilishlari
kerak. Paydo bo`ladigan nizolar esa jamiyat evolyutsiyasini harakatga
keltiruvchi omildir.
Nizolarni echish jarayoni sotsial taraqqiyotga yordam berishi zarur.
Kommons nazariyasi kapitalizmni ba`zi islohotlar yo`li bilan yaxshilash
usulini
taklif
etadi.
Bu
esa
huquqiy,
yuridik
me`yorlarni
takomillashtirish orqali amalga oshiriladi. Ishchi va kapitalist o`rtasidagi
munosabat jamiyatning teng huquqli a`zolari orasidagi yuridik bitim –
kelishuv
hisoblanadi, chunki ular ma`lum qonun-qoidalar asosida
tuziladi.
Bu kelishuv ishtirokchilari orasida jamiyatning muhim institutlari:
oila, tadbirkorlar ittifoqi va hatto davlatning o`zi ham bo`lishi mumkin.
―Kelishuv‖ uch momentni o`z ichiga oladi: nizo, o`zaro ta`sir, echim.
YUridik va huquqiy vositalar bilan har qanday ichki qarama-qarshilik,
barcha konfliktlar o`z echimini topishi mumkin. Jamiyatda ijtimoiy
qarama-qarshiliklar
kuchayishi konfliktlarni
yuridik
hal qilish
mexanizmining kamchiliklari bilan belgilanadi. Kommons mulk
shakllarini iqtisodiy munosabatlar shaklida tahlil etmaydi, ammo ―Mulk
tituli‖ni yuridik shakli sifatida ko`radi.
U mulkni uch ko`rinishga ajratadi: moddiy, nomoddiy (qarzlar va
qarz majburiyatlari) va ko`rinmas (qimmatbaho qog`ozlar). Ko`rinmas
mulk ko`pincha ―mulk tituli bilan kelishuv‖ mazmuni bo`lib amalga
oshadi.
SHu sababli, Kommon tadqiqotlarning asosini qimmatbaho
qog`ozlar, aktsiya, obligatsiya va boshqalarni sotish operatsiyalari
tashkil etadi. Ko`rinib turibdiki, bu olimning g`oyalarida birinchi o`rinda
ishlab chiqarish emas, balki muomila sohasi turadi.
Uch shakldagi sanoat kapitali o`rniga fiktiv (soxta) kapital olinadi,
bu soha kapitalistik xo`jalikning mohiyati sifatida qaraladi.
U jamoat
fikri bilan hisoblashuvchi va iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarishni
amalga oshiradigan hukumat tuzish zarurligiga ishongan. Iqtisodiy
islohotlar doirasida davlat qonuniy qarorlari jamiyatdagi qarama-
qarshilik
va konfliktlarni tugata oladi, bunda ma`muriy kapitalizm
143
bosqichiga
o`tiladi.
YUqorida
keltirilgan
T.Veblen
va
J.Kommonslarning g`oyalari amalda, 1929-1933 yillardagi iqtisodiy
inqiroz davrida AQSH prezidentining ―yangi kurs‖ siyosatida amaliy
tasdig`ini topdi.
Dostları ilə paylaş: