birinchi
bosqichda
xomashyoni dastlabki qayta ishlash, ya‘ni yarim fabrikatlar
tayyorlash,
keyingi bosqichda
sanoat asosida ishlab chiqarish uchun tayyor
materiallarga aylantirish,
uchinchi, yakuniy bosqichda
esa iste‘mol uchun tayyor
mahsulot ishlab chiqarishni nazarda tutadi.
Bu boradagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda har bir turdagi
birlamchi xomashyo, ya‘ni yarim fabrikatlarni chuqur qayta ishlashdan tortib, uni
iste‘mol uchun tayyor mahsulotga aylantirishgacha bo‗lgan yakuniy bosqichga
qadar butun ishlab chiqarish jarayonini kuzatib borish zarurati paydo bo‗lmoqda.
Muxtasar aytganda, ishlab chiqarishni tashkil etishning butun jarayonini –
xomashyoni chuqur qayta ishlashdan toki uni tayyor mahsulotga aylantirishgacha
bo‗lgan yo‗lini – siklini, sarflangan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi va
nechog‗liq o‗zini qoplashini asoslab bergan holda, prognoz qilishni ta‘minlash
darkor.
Hisob-kitoblar shuni ko‗rsatmoqdaki, yuqori qo‗shimcha qiymatga ega
bo‗lgan mahsulotlar ishlab chiqarish natijasida 2030-yilda, yangi turdagi tovarlar
tayyorlashni o‗zlashtirish asosida neft-gaz-kimyo sohasida mahsulot ishlab
chiqarish hajmi 3,2 barobar, rangli metall mahsulotlari 2,2-marta, qora metalldan
tayyorlanadigan buyumlar 2,3 karra, kimyo sanoati mahsulotlari, jumladan,
mineral o‗g‗itlar 3,2 barobar ko‗payishi mumkin.
Zamonaviy texnologiyalar asosida paxta tolasini va meva-sabzavot
mahsulotlarini chuqur qayta ishlash tashqi va ichki bozorda talab yuqori bo‗lgan
tayyor, ekologik toza to‗qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish
- 34 -
hajmini 2030-yilda 5,6-marta, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash
hajmini esa 5,7 karra oshirish imkonini beradi»
1
.
Eksport tarkibida bir yoki bir necha tovarlar ulushining sezilarli darajada
ortib ketishi bu tovarlar narxi pasaygan yoki ularga tashqi talab qisqargan
holatlarda eksportchi korxonalarni og‘ir ahvolga solib qo‘yish mumkin. Buning
natijasida eksport hajmining qisqarishi valyuta tushumlarining kamayishi, tashqi
savdo balansining yomonlashuvi va korxonalar moliyaviy ahvolining tanglikka
yuz tutishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, eksport umumiy hajmining kam
sonli davlatlarga bog‘lanib qolishi ham qaltis holat hisoblanadi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
I.A.Karimov
ta‘kidlaganlaridek, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va
bu mahsulotlar eksportini yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini
yanada kengaytirish vazifasini amalgam oshirish eksport hajmini barqarot
o‘stirish, tashqi bozordagi o‘zgarishlar ta‘sirida uning hajmi keskin kamayishi
xavfini bartaraf etish imkonini beradi
2
.
Mamlakatimizning xalqaro iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishdagi yana bir
muammolardan biri bu transport yo‘llari muammosidir. Chunki mukammal
xalqaro temir yo‘llarga ega bo‘lgan davlatda xalqaro iqtisodiy aloqalarni yo‘lga
qo‘yish bir muncha oson bo‘ladi. Bunga misol, O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi
iqtisodiy munosabatlarning istiqboli ko‘p jihatda transport muammolari bilan
bog‘liq. Bu sohada YeI ning TRASEKA dasturi alohida e‘tiborga loyiq.
Mamlaktimiz ham bu loyihada ishtirok etmoqdava quvonarlisi bu yo‘l
mamlakatimiz hududidan o‘tadi va yevropa va sharq mamlakatlari savdo
aloqalari respublikamiz orqali amalgam oshadi. Ya‘ni O‘zbekiston markaz
vazifasini o‘taydi.
1
Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‗zgarishlarni izchil davom
ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‗l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. I.A.Karimov.
Toshkent. 16.01.2016
.
2
Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. – T.: O‘zbekiston, 2010.64-b.
- 35 -
Dostları ilə paylaş: |