Tadbirlarda innovatsion texnolgiyalardan foydalangan holda tashkil etish
uning o„quvchilar tomonidan faol qabul qilinishiga olib keladi.
“Zigzag” usuli 1980-1990 yillardan boshlab paydo bo„lgan.
Bu usulning
boshqa usullardan farqi shundaki, ishtirokchilar mayda guruhlarga ajratiladilar va
talabalar raqamlanadilar, spiker (boshliq saylanadi). So„ngra bir xil raqamlar bir-
birini “topadilar”. Topshiriq beriladi va o„zlashtirgach, tarqalishadilar. Har bir
a‟zo o„zi o„zlashtirgan materialni eski sheriklariga aytib beradi. Savol-javobda
esa guruh baholanadi. Har bir raqamlanganlar yangi va har xil topshiriqlar
olganini hisobga olsak, har bir talaba o„z guruhi
manfaati uchun ham berilgan
topshiriqni bilishi kerak va bilishga majbur! Chunki, u o„z guruhiga qaytganda,
o„rgangan mavzu bo„yicha savol-javobda guruhi nomidan qatnashishi kerak.
«Yelpig„ich» texnologiyasi
Bu texnologiya murakkab, ko„ptarmoqli, mumkin qadar, muammo
xarakteridagi mavzularni o„rganishga qaratilgan.
Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari
bo„yicha biryo„la axborot beriladi. Ayni paytda,
ularning har biri alohida
nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik,
fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.
Bu interaktiv texnologiya tanqidiy, tahliliy,
aniq mantiqiy fikrlashni
muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o„z g„oyalari, fikrlarini yozma va og„zaki
shaklda
ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
«Yelpig„ich» texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini
muxokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qantashuvchining,
guruhning
faol ishlashiga qaratilgan.
«Yelpig„ich» texnologiyasi mavzuni o„rganishning turli bosqichlarida
qo„llanilishi mumkin:
-boshida: o„z bilimlarini erkin faollashtirish;
-mavzuni o„rganish jarayonida: uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab
yetish;
-yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish.
Bu texnologiya talabalarga tanqidiy, tahliliy va ainq mantiqiy fikrlashlarini
muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o„z g„oyalari, fikrlarini yozma va og„zaki
shaklda ixcham bayon etish, shuningdek, uni himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
Dostları ilə paylaş: