Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
SH.Odilov
Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi.
Taqrizchilar:
A.Muxitdinov
Toshkent davlat transport universiteti
“Transport vositalari” kafedrasi t.f.d., professor
A.Najidov
Toshkent davlat transport universiteti “Intellektual transport tizimlari” kafedrasi t.f.n., dostent Toshkent shahridagi 7-avtobus saroyi tasarruf bo‘limi boshlig‘i, i.f.n. dotsent
1. O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
“B” toifadagi avtotransport vositalarining tuzilishi va servis xizmat ko‘rsatish.
Ajratilgan soat
40
O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni
Avtomobillar klassifikatsiyasi. Avtomobillar umumiy tuzilishi va ularga servis xizmat ko‘rsatish hamda ularning tavsifnomalari haqidagi bilimlarni o‘rganish.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
O‘quvchilar ushbu fan o‘quv dasturini o‘zlashtirish natijasida:
- avtomobil mexanizmlari, asboblari va detallarini;
-ichki yonuv dvigatelida sodir bo‘layotgan jarayonlarni; -o‘t oldirish, elektr ta’minoti va ishga tushirish tizimilariga servis xizmat ko‘rsatishni;
-zamonaviy avtomobillarning tuzilishini;
-avtomobil dvigatellari tuzilishi va servis xizmat ko‘rsatishni;
-avtomobillarni ekspluatatsion xususiyatlarini;
-mexanizmlar, asboblar, detallarning tuzilishi va ishlashini o‘rganish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladi.
Bilimlar
dvigatelning umumiy tuzilishi va ishlashi;
sovitish tizimi;
moylash tizimi;
ta`minlash tizimi;
elektr energiyasining manba va iste`molchilari;
transmissiyaning vazifasi va umumiy tuzilishi;
yurish qismi;
tormoz tizimi;
rul boshqarmasi;
aktiv va passiv xavfsizlik tizimlari;
Ko‘nikmalar
avtotransport vositalariga servis xizmat ko‘rsatishning turlari va davriyligi;
xavfsizlik texnikasi va atrof muhitni muhofaza qilish;
avtotransport vositalarida amalda uchraydigan nosozliklar va ularni bartaraf etish usullari;