Amaliyotni o‘tash kasb-hunar maktabi bilan avtokorhona va birlashmalar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq avtokorhonalarda o‘tkaziladi. Amaliyotning maqsadi:
-“ Yonilg‘I ta'minlash tizimini tashxislash va ta'mirlash chilangari” kasbining nazariy va amaliy fanlarini o‘qib tugatilgach uni amaliyot orqali mustahkamlash va korxonalardagi ish uslubi hamda tajribalarni o‘rganishdan iborat.
-amaliyotni o‘tish davrida talabalar avtokorxonaning bo‘limlari bilan tanishadilar.
Tasarruf xizmati ishini chuqurroq o‘rganadilar. Harakat xavfsizligi va texnika xavfsizligi bo‘limlari ishini o‘rganadilar. Amaliyotning vazifasi:
-talabalar avtokorxonada bajargan ishlarini o‘z kundalik daftariga qayd qilib boradilar. Amaliyot davrida o‘rgangan bilimlari va ishlarini hisobot tariqasida yozib amaliyot so‘ngida kasb-hunar maktabiga toshiradilar.
-amaliyot hisobotini talaba, kasb-hunar maktabi amaliyot rahbari, avtokorxonadan amaliyot rahbari o‘z familiya va imzosi bilan tasdiqlaydilar va avtokorxona muhri qo‘yiladi. -amaliyot hisobotini kasb-hunar maktabidagi amaliyot rahbari qabul qiladi va kasb-hunar maktabi arhiviga topshiradi.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
-dvigatel, agregat va mehanizmlarga tashxis qo‘yish;
dvigatel, agregat va mehanizmlarga servis xizmat ko‘rsatish;
-dvigatel, agregat va mehanizmlarni joriy ta’mirlash;
benzinli va dizel dvigatellarining yonilg‘i purkash asboblariga tashxis qo‘yish;
-benzinli va dizel dvigatellarining yonilg‘i purkash asboblariga servis xizmat ko‘rsatish;
-benzinli va dizel dvigatellarining yonilg‘i purkash asboblarini joriy ta’mirlash;
-yengil avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi;