Pedagogik innovatsiyalar instituti Ta’lim texnologiyalari, o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish bo‘limi bosh mutaxassisi
Yusupova G.
Shayxontohur tuman kasb-hunar maktabi direktori
Tuxtamuratov O.
Shayxontohur tuman kasb-hunar maktabi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Taqrizchilar:
J.Xakimov O.Daminov
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
“Mashinasozlik” fakulteti “Energiya mashinasozligi va kasb talimi”
kafedrasi mudiri
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
“Mashinasozlik” fakulteti “Energiya mashinasozligi va kasb talimi” kafedrasi Dotsent
1. O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Avtomobillar tuzilishi.
Ajratilgan soat
80
O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni
23
Dasturning maqsadi
Avtomobillar klassifikatsiyasi. Avtomobillar umumiy tuzilishi va ularning tavsifnomalari haqidagi bilimlarni o‘rganish.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
Avtomobil mexanizmlari, asboblari va detallarini, ichki yonuv dvigatelida sodir bo‘layotgan jarayonlarni, zamonaviy avtomobillarning tuzilishini, avtomobil dvigatellari tuzilishini, mexanizmlar, asboblar, detallarning tuzilishi va ishlashini o‘rganish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish
Bilimlar
avtomobillarning umumiy tuzilishi;
dvigatellarni umumiy tuzilishi va ish sikllari;
dvigatelni mexanizm tizimilari tuzilishi va ishlash prinsipi;
transmissiyaning vazifasi, tuzilishi va ishlash prinsipi;
yurish qismining vazifasi va tuzilishi;
boshqarish organlarining vazifasi va tuzilishi.
Ko‘nikmalar
avtomobillarni tuzilishini bo‘laklarga bo‘lib o‘rganish;
dvigatellarni mexanizm va sistemalari tuzilishi buyicha amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil ravishda bajarish;
avtomobillarning transmissiyasi, yurish qismi, boshqarish, organlarini tuzilishi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil ravishda bajarish;
barcha turdagi avtomobillarni tavsifnomalarini maxsus ma’lumotnoma asosida tuzib chiqish.
O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi
fizika, matematika va kimyo, elektrotexnika va elektronika asoslari va texnikaviy chizmachilik.