2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб
Аfzalliklari
Monorelsli yo‘llarning asosiy afzalligi anʼanaviy metro singari shaharning tirband ko‘chalarida joy egallamaydi, biroq metrodan farqli ravishda qurilishi anchagina arzonga tushadi. (Xususan, shahar yo‘lovchi tarmog‘i sifatida qo‘llaniluvchi monorelsli liniya metropolitendan foydalanishdagi yana bir imkoniyat hisoblanadi.)
Monorelsli tarkib har qanday ikki relsli temir yo‘l transporti bilan taqqoslanganda, yanada tikroq vertikal qiyaliklarni zabt etishi mumkin.
Monorelslar o‘zlashtiruvchi tezlik nazariy jihatdan anʼanaviy relsli tarkiblarga qaraganda sezilarli darajada yuqori bo‘lib, tarkibning relsdan chiqib ketish xavfi jihatidan ham ustun turadi. Bundan tashqari, yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari bilan to‘qnashib ketish ehtimoli ham juda past.
tomonlarini ko‘rish kengligi yuqori. Аynan shu sababdan monorelslar ko‘ngilochar bog‘lar va boshqa rekreatsion hududlarda tomosha-ekskursion transport vositasiga asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Disney bog‘ida (АQSh), Ueno Zoo hayvonot bog‘i (Yaponiya) va Janubiy Koreyada sayyohlarning Wolmido orolini tomosha qilishlari uchun qurilgan Wolmido monorelslari shular jumlasidandir.
Shovqin darajasining pastligi, ayRim hollarda monorelslarning qariyb barcha turlari uchun qo‘llash de faktoga aylangan shovqinsiz elektrodvigatellar va re- zina aralashtirilgan g‘ildiraklardan foydalanish hisobiga anʼanaviy tramvaydan tinchroq hisoblanadi. Germaniyaning Wuppertaler Schwebebahn monorelsi shovqini rekonstruksiyasidan so‘ng 56 dB (50 dB — o‘rtacha balandlikdagi suhbat, sokin ko‘cha, kir yuvish mashinasi shovqini) ni tashkil etadi.
Yer osti metropoliteni bilan solishtirilganda, qimmatga tushuvchi yer osti tunnelini qazish yoki yer osti kommunikatsiyalarini ko‘chirish talab qilmasligi bois qurilish va foydalanishga topshirish surʼatining tezligi taʼminlanadi. Jumladan, SIPEM(H-Bahn) texnologiyasi bo‘yicha yakuniy ko‘rinishdagi uchta tirgakni o‘rnatish 6 ish kunini talab qiladi.