zarur shart sifatida irodaning qo'shilishini nazarda tutuvchi tavakkal qilish
xatti-harakatining ikkita o'zaro bog'langan sababini ajratib ko'rsatadi.
Tavakkalchilikning birinchi sababi va tegishli ravishda tavakkalchilikning
birinchi turi bu yutuqqa umid bog'lash, muvaffaqiyat qozonilganda kutilayotgan
kattalikning
muvaffaqiyatsizliklar
oqibati
darajasidan
ortishidir
(situativ
tavakkalchilik). Bu o'rinda muvaffaqiyat motivasiyasi muvaffaqiyatsizlikdan qutilib
qolish motivasiyasidan kuchliroqdir. Agar kundalik hulq-atvor, garchi kishidan
irodaviy qarorni talab qiladigan bo'lsa-da unchalik noyob narsa emas.
Xatti-harakatning
xavfli
variantini
afzal
biladigan
hulq-atvor
yoki
tavakkalchilikning ikkinchi turi uchun sabab-shaxsning vaziyat usti faolligidir.
Kishining vaziyat talablari ustidan ko'tarila bilish dastlabki vaziyatdan ustun
keladigan maqsadni qo'yish qobiliyatga to'g'ri keladi.
Dostları ilə paylaş: