128
Tanlab olingan joyda kuzatuvlar ikki joyda, ya’ni tajriba maydoni va
nazorat maydonida olib boriladi.
Olib boriladigan kuzatuvlar har ikkala tajriba maydonida bir
paytda, bir kunda, bir xil sharoitda borishi, hatto tuproqni ifloslan-
tiruvchi manbalar ham bir xil bo‘lishi kerak. Tajriba maydoni uchun
daryo vohasi tanlangan bo‘lsa, nazorat maydoni ham shu yerda bo‘lishi
lozim, agarda kuzatishlar tog‘ yonbag‘ridan tanlangan bo‘lsa, nazorat
maydoni uchun undan sal pastroq joy tanlab olinadi.
Har ikkala maydonda tuproq tipi, o‘simliklar qoplami, daraxt-
larning yoshi, biotsenoz va boshqalar juda o‘xshash bo‘lishi to‘g‘ri
ma’lumotlar olishga imkon beradi.
Tajriba maydonining hajmi olib boriladigan kuzatuvlarning
vazifasi bilan bog‘liq bo‘ladi, monitoring olib boriladigan maydonlar
o‘rmonzorlarda tanlab olinsa, hajmi 25x25m, tekis joylarda 10x10m
qilib olinsa, yetarli bo‘ladi. Ammo aniq kuzatuvlar uchun ushbu tanlab
olingan maydon ichidan yana kichik uch maydon ajratib olinadi.
Ularning hajmi 1x1 yoki 0,25m
2
hajmdagi 8-10 tagacha kichik
maydoncha bo‘lishi mumkin. Kuzatish olib boriladigan hududda bir
necha maydoncha aniqlanib, bir qator kuzatishlarni olib borish belgilab
olinadi. Har bir kuzatuv aniq belgilangan reja asosida olib boriladi.
Kuzatuv olib boriladigan maydon to‘rtburchak yoki uchburchak
shaklida belgilab olinadi va har bir uchastkaga tartib raqami beriladi.
Belgi va xususiyatlar, o‘z navbatida, hudud ekopasportiga qayd
qilib boriladi.
Dostları ilə paylaş: