O‘quv dasturi Buxoro neft va gaz sanoati kolleji Ilmiy-pedagogik Kengashining 2020 yil 28 sentyabrdagi 1-son majlis bayoni bilan ma’qullangan va kollejning 2020 yil 29 sentyabrdagi 122-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchilar:
R.S. Afakova
Buxoro neft va gaz sanoati kolleji maxsus fan o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
S.G‘.Siddiqova
R.B. Jalilov
Buxoro neft va gaz sanoati kolleji o‘quv ishlari bo‘yicha direktor muovini
Talabalarda axborotlarni tashkil etish,uzatish,qayta ishlash hamda ob’ektlarning parametrlarini boshqarish va rostlash uchun boshqaruvchi signallarni ishlab chiqish va uzatishda qo‘llaniladigan zamonaviy mikroprotsessorli sistemalar, mikrokontrollerlarning tuzilish prinsiplari, arxitekturalari, texnik vositalari (interfeyslar, xotira qurilmalari va sh.o‘xsh), ularning buyruqlar tizimi, dasturlash tillari bo‘yicha bilimni tashkillashtirish, mikroprotsessorli boshqarish tizimlariningalgoritmik va dasturiy ta’minotini yaratish,mikroprotsessor va mikrokontrollerlar asosida boshqarish tizimlarini loyihalash bosqichlari kabi masalalarni o‘rganish bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi profiliga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
Talabalarga zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini, hamda chet elning logik kontrollerlarini qo‘llab, mikroprotsessorlar, mikrokontrollerlar asosida boshkarish
Mikroprotsessorlar va mikrokontrollerlarda amallarni bajarish
Bilimlar
avtomatika va telemexanika haqidagi umumiy ma’lumotlarni;
avtomatika va telemexanika tizimlari orqali bajariladigan masalalarni;
avtomatika va telemexanikaning asosiy elementlarini (datchiklar, kuchaytirgichlar, stablizatorlar, taqsimlovchi qurilmalar va ijr etuvchi qurilmalarni);
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining asosiy elementlarini;
ma’lumotlarni masofadan uzatish tizimlarini;
telemexanika tizimlarini;
zamonaviy mikroprotsessorlar va mikrokontrollerlarning tuzilish prinsplarini;