68
doimgidan ko‘ra ko‘proq suyuqlik ichirishni davom ettiring.
Bolangiz nimalar yeyapti?
Ona: Hech nima yemayapti.
Tibbiy xodim: Siz nima deb o‘ylaysiz nima uchun?
(tushunish)
Ona: Bolam och bo‘lmasa kerak yoki betobligi sababli
ishtahasi yo‘qdir.
Tibbiy xodim: Ha, ko‘pincha shunday tuyuladi. Lekin bola
kuchsizlanib
qolmasligi uchun, uning ovqat yeyishi juda
muhimdir. Unga qanday ovqat bera olasiz?
Ona: Guruch.
Tibbiy xodim: Juda yaxshi. Balki guruchga ezilgan sabza-
votlar va ozgina yog‘ qo‘shib ko‘rarsiz.
Agar ovqat juda yum-
shoq bo‘lsa, bola osonroq yeya oladi. Uni ovqat yeyishiga ko‘n-
diring: ovqat unga kuchli bo‘lib qolishi uchun zarurdir. Bolan-
giz boshqa dori vositalari yoki boshqa davoni qabul qilayaptimi?
Ona: Yo‘q.
Tibbiy xodim: Juda yaxshi. Agar siz bola kuch yig‘ib olishi
uchun unga ko‘p suyuqlik bersangiz va ovqatlanishiga yordam
bersangiz, bolangiz bir necha kunda sog‘ayib ketadi. Yana
quyidagilarni esingizda tuting, agar:
U ovqat yeya olmasa yoki suyuqlik icha olmasa, yoki uning
najasi tez-tez,
suyuq kelsa, yoki u qayt qilsa, tana harorati
oshsa, yoki uning najasida qon bo‘lsa,
zudlik bilan shifokorga
murojaat qiling.
Agar siz shu belgilardan birortasini sezsangiz, uni
ovqatlantirishni va suyuqlik berishni davom ettiring va shifokor
oldiga olib boring. Mana bu broshyurani oling. U siz nima
qilishingiz kerakligini eslab qolishingizga yordam beradi.
Tibbiy xodim bolani uyda qanday
parvarish qilish haqidagi
broshyurani onaga beradi. Ular birgalikda uni ko‘rib chiqadilar.
Tibbiy xodim: Endi iltimos, bolangizga nimalar qilishingizni
takrorlab bering (qayta bog‘lanish).
Ona: Men unga ko‘proq suyuqlik beraman va ovqatlan-
tirishga harakat qilaman.
Tibbiy xodim: U qancha suyuqlik ichishi kerak?
Ona: Odatdagidan ko‘proq suyuqlik ichirishim kerak.
Tibbiy xodim: Uni ishtahasini ochish uchun nimalar qilasiz?
69
Ona: Men unga yumshoq, ezilgan ovqat tayyorlab beraman.
Unga ovqatni oz-ozdan tez -tez beraman.
Tibbiy xodim: Siz qachon shifokorga murojaat qilasiz?
Ona: Men kuzatib boraman: agar uning tana harorati
ko‘tarilsa, najasida qon paydo bo‘lsa.
Tibbiy xodim: Ha,
siz uning ovqat yeya olishiga, suyuqlik
icha olishiga va ko‘p qayt qilmasligiga ham e’tibor berishingiz
kerak.
Dostları ilə paylaş: