O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə69/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Reproduktiv va izlanuvchan metod




Reproduktiv metod Ma’lum bir tanish sharoitda yoki ma’lum bir namuna asosida o’quvchilar bilimi va ko’nikmalarini qo’llashga o’rgatadigan metodga reproduktiv metod deb ataladi.
Uning asosiy maqsadi o’quvchilarni mustaqil fikrlashga va mustaqil ishlarni bajarishga o’rgatishdir.
Mazkur metodni qo’llaganda o’qituvchi bir qolipdagi savollarni ketma – ketlikda tuzishi va unga o’quvchilar javob berishlari lozim.
Mazkur metod bilan tabiiy geografiya iqtisodiy geografiya kurslarida bajariladigan ma’lum bir hududni yoki ishlab chiqarish komplekslarini tavsifini tuzish vazifalari kiradi.
Masalan, Farg’ona vodiysiga quyidagi qolipda tabiiy geografik tasir berish mumkin:

  1. geografik joylanishi;

  2. geologik tuzilishi;

v) relyefi;
g) foydali qazilmalari;

  1. iqlimi;

  2. ichki suvlari; yo) tuproqlari;

  1. o’simligi;

i) hayvonot dunyosi;

  1. tabiiy geografik birliklari.

Iqtisodiy geografik tavsif tuzilishida ham qo’yidagi qolipdan foydalanish mumkin:

  1. iqtisodiy geografik joylanishi;

  2. ma’lum birliklari yoki siyosiy haritasi;

v) tabiiy resurslari;
g)aholisi va mehnat resurslari; d)xo’jaligining tarkibiy tuzilishi;
e) sanoati;
yo) qishloq xo’jaligi;
j) transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari.
Bundan tashqavri har bir tabiiy geografik yoki iqtisodiy geografik komponentlarni o’rganish bo’yicha ham bir qolipdagi savollar tuzish mumkin. masalan, iqlimni o’rganishda quyidagi savollardan foydalanish mumkin:

  1. iqlim hosil qiluvchi omillar;

  2. qishoz va iqlimi;

v) yog’inlar;
g) shamollar;
d) fasllar;
y) iqlim mintaqalari.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografik tasvirni asosiy tarkibiy qisimlaridan bo’lgan tabiiy resurslarni o’rganishda quyidagi savollardan foydalanish mumkin:

  1. Yer resurslari;

  2. iqlim resurslari;

v) suv resurslari;
g) tuproq resurslari;

  1. o’simlik resurslari;

  2. miniral resurslari;

k) rekratsiya resurslari.
Bu yerda tabiiy resurslarni alohida tarkibiy qismlarini o’rganish uchun bir qolipdagi savollar tuzish mumkin. Masalan, miniral resurslarini o’rganishda quyidagi savollar tuzish mumkin:

  1. yoqilg’i energetika resurslari;

  2. metali foydali qazilmalar;

v) nometall foydali qazilmalar; va x.k.
Mazkur metod bilan ishlaganda o’quvchilardan bilish va ko’nikmalarni ma’lum bir qolipda qo’llash talab etiladi.
Qisman izlanuvchan metodning asosiy maksadi o’quvchilarda ijodiy ko’nikmalarni hosil qilishdir. O’quvchilarni ijodiy ishga qiziqtirish va o’rgatish muammoli yoki ijodiy vazifalarni ishlab chiqish va ularni dars jarayonida o’quvchilar tomonidan yechishi orqali amalga oshiriladi. Mazkur vazifalarni yechish usullari o’quvchilarga oldindan ma’lum qilinmog’i lozim. Mazkur metodni qo’llaganda o’qituvchining faoliyati quyidagilardan iborat bo’ladi;
-o’qituvchi vazifani ishlab chiqadi va uni o’quvchilarga e’lon qiladi;
-so’ngra o’qituvchi vazifani alohida qismlarga bo’lib yuboradi yoki alohida savollar tuziladi;
O’quvchilar mazkur vazifani yechish davomida kuyidagi faoliyatni amalga oshiradi;
-vazifani to’la va har tomonlama tushunishi lozim;
-bir ketin ma’lum bir qismlarga bo’lngan vazifani yechishadi. Bunda ular qisman izlanuvchanlikni amalga oshiradi. Izlanuvchanlik ishlari o’qituvchi rahbarligida va uni boshqarishda amalga oshiriladi.
O’qituvchi materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida. Shimoliy Amerikaning tabiat zonalari mavzusida o’quvchilarga quyidagi savollar berish mumkin: “Qadimgi muzliklar Shimoliy Amerika tuproqlariga qanday ta’sir qilganini tushuntirib bering”. O’quvchilar maskur savollarga birdaniga javob bera olishmaydi, shuning uchun o’qituvchi uni ayrim qismlarga quyidagicha bo’lib chiqadi:

      • muzlar Shimoliy Amerika materigida qanday ishlarni amalga oshirgan?;

      • Shimoliy Amerika qaysi qismida tuproqlar yosh, shimoldami yoki janubdami?;

      • qanday tuproqning qalinligi katta bo’ladi, qadimgilarnimi yoki yoshrog’ni?;

      • nima sababdan Kanada to’plam Orolidagi tuproqlar yupqa va toshli?

Mazkur savollarga o’quvchilar javob berib bo’lishgandan so’ng o’qituvchi dastlab bergan savolini qaytaradi «Qadimgi muzliklar Shimoliy Amerika tuproqlariga qanday ta’sir etgan» o’quvchilar endi mazkur savolga to’liq javob berishadi. Mazkur metodni qo’llaganda evristik suhbatdan foydalanish katta samara beradi.

Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin