O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti


-MA’RUZA LUG‘AT TARKIBINING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATLARI JIHATIDAN TAVSIFLANISHI



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə73/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

10-MA’RUZA
LUG‘AT TARKIBINING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATLARI JIHATIDAN TAVSIFLANISHI.
REJA:
1. Omonimlar va ularning turlari.
2. Omoformalar va ularning turlari.
3. Sinonimlar va ularning turlari.
4. Antonimlar va ularning turlari.
5. Paronimlar
6. Giponimiya.

Yuqorida aytilganidek, leksemaning shakily (ifoda) tomoni deganda uning tovush tomoni, harfiy ifodasi, urg`u olish xususiyatlari nazarda tutiladi. Ana shular tilde leksik omonimiya degan hodisani yuzaga keltiradi. Leksik omonimiya leksemalar o`rtasidagi ifoda tomoni jihatidan teng kelib qolishdir. Bu hodisa o`z ichiga quyidagi guruh leksemalarni qamrab oladi.




Omonimlar va ularning turlari


Omonimlar - grеkcha homos – “bir xil”, onoma yoki onyma – “nom” dеgan ma'nolarni ifodalab, tovush tomoni ham, harfiy ifodasi ham, barcha grammatik shakllari ham bir xil, ammo mazmun tomoni har xil bo’lgan leksemalardir: ot (ism) – ot (hayvon), sir (davlat siri)–sir (idish siri).
Omonim leksemalar asosan bir xil so`z turkumi doirasida bo`ladi. Bularga ot (yosh – umr o`lchovi; yosh – ko`z yoshi), fe’l (betlaqarashga botinmoq; betla - sahifala), sifat (hur – ozod; hur – go`zal) turkumlariga xos omoleksemalar misol bo`ladi. Grammatik shakllar (kelishik, egalik, ko`plik, zamon, shaxs-son kabi) tizimiga ega bo`lmagan ayrim turkumga oid leksemalar ham o`zaro omonim bo`lishi mumkin (ham bog`lovchisi va ham yuklamasi o`zaro shunday omonimlik hosil qiladi).
Omonim leksemalarni ko’p ma'noli leksemalardan farqlash zarur. Ko’p ma'noli leksemalar qancha ma'noga ega bo’lmasin, bu ma'nolar o’zaro bitta bosh ma’noga bog’langan bo’ladi. Omonimlar boshqa-boshqa leksemalar bo’lgani uchun ularning ma'nolari o’rtasida bog’lanish bo’lmaydi.
Ko’p ma'noli leksemalar ma'nolari o’rtasida aloqa uzilsa, omonim vujudga kеladi: dam I – havo, dam IItemirchi bosqoni, dam III – lahza, nafas, dam IV – bog`lovchi, dam V – tig`, o`tkir joy, dam VI – havo yig`ilib yurishmay qolgan (ichi dam bo`libdi)61; Bu misollardagi dam I leksemasi ifodalagan “havo” manosi mazkur ko`p ma’noli leksemaning bosh ma’nosi bo`lib, qolganlari hosila ma’nolardir, lekin hozirgi o`zbek tili nuqtai nazaridan bu oltita leksema omonim leksemalardir, chunki ular orasidagi ma’no aloqalari uzilgan.



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin