O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–texnologiya instituti



Yüklə 55,56 Kb.
səhifə10/14
tarix24.10.2023
ölçüsü55,56 Kb.
#160541
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Namangan muha-www.fayllar.org

Barabanli quritkichlar- uzluksiz ishlaydigan qurilmalar qatoriga kiradi va atmosfera bosimida donador, sochiluvchan materiallarni (mineral tuz, fosforit, qand lavlagi turpi, bug’doy, shakar va h.) quritish uchun qo’llaniladi. Issiqlik eltkich sifatida havo yoki tugun gazlari xizmat qiladi.
Barabanli quritkichlar ichi bo’sh tsilindrdan iborat bo’lib, unda nisbatan kichik qiyalik burchagida o’rnatilgan bo’ladi.
Baraban bandaj va roliklarga tayanib turadi. Uning aylanishi elektr yuritkich va reduktor, hamda tishli g’ildirak yordamida amalga oshiriladi. Barabaniing aylanish chastotasi 5...8 ayl./min. dan oshmaydi. Quritkichga nam material ta’minlagich yordamida uzatiladi. Baraban aylanishi davrida material tepaga ko’tarilib pastga to’kiladi va bu jarayon uzluksiz davom etadi. SHu bilan birga, qurilma o’rnatilgani va ichiga maxsus nasadkalar joylanganligi sababli, quritilayotgan material to’kish bunkeri tomoniga qarab harakatlanadi. Odatda nasadkalar tsilindrik barabanning butun uzunligi bo’ylab joylashtiriladi. Baraban ichida. material issiqlik eltkich bilan o’zaro ta’sirda bo’lib quritiladi.
Material va qurituvchi eltkich bilan o’zaro ta’sir samarasini oshirish uchun turli xildagi nasadkalar mavjud [64,65].
Nasadkalar nam materialni bir tekisda tarqatadi va uni issiqlik eltkich bilan yuvilib turishini yaxshilaydi. Nasadka turi material xossalariga qarab tanlanadi.
Yirik bo’lakli va yopishib qolishga moyil materiallarni kuritish uchun ko’taruvchi kurakchali nasadkalarni qo’llash maqsadga muvofiq. Mayda, sochiluvchan materiallarni quritish uchun esa, taqsimlovchi nasadkalar qo’llaniladi. Mayin dispers, kukunsimon, changiydigan materiallar esa ag’daruvchi nasadkali qurilmada quritiladi.
Issiqlik eltkich va material parallel va qarama-qarshi yunalishda harakatlanishi mumkin. Parallel yo’nalishli quritkichlarda material o’ta
qizib ketish oldini olish mumkin, chunki issiqlik eltkich yuqori namlikka ega material bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi. Quritilayotgan material tarkibidagi kukunsimon fraktsiya uchib ketmasligi uchun ventilyator haydayotgan issiqlik eltkich tezligi 2...3 m/s dak oshmasligi kerak. Ishlatilgan gaz atmosferaga chiqarib yuborishdan avval tsiklonda tozalanadi.
Barabanli quritkichlar diametri 1 dan 3,5 m gacha bo’ladi. Diametri 2,8, 3,0 va 3,5 m li barabanlarning uzunliklari 14, 20 va 27 m qilib yasaladi.
Undan tashqari, barabanli vakuum-quritkichlar ham sanoatning turli sohalarida ishlatiladi. Ko’pincha bu qurilmalar davriy ishlaydigan bo’ladi. Ushbu quritkichlar issiqlikka sezgir materiallardan suv va organik eritmalarni yo’qotish, hamda zaharli materiallarni quritish uchun qo’llaniladi.
Barabanli vakuum - quritkichlar gerbitsid, zaharli dorilar, ba’zi bir polimerlarni ishlab chiqarish, hamda meditsina, oziq - ovqat, kimyo va farma­tsevtika sanoatlarida ishlatiladi.

Yüklə 55,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin