FANNI O’QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM METODLARI
12
III
NAZARIY MATERIALLAR
24
1
INNOVATSION MENEJMENTNING ASOSIY TUSHUNCHALARI, MAQSADLARI VA VAZIFALARI
24
2
INNOVATSION MENEJMENTNING USULLARI VA VAZIFALARI
30
3
INNOVATSION FAOLIYATNING TASHKILIY SHAKLLARI
40
4
INNOVATSION MENEJMENTNING METODOLOGIYASI
53
5
KORXONALARDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL QILISH
68
6
KORXONADAGI INNOVATSION STRATEGIYANI TANLASH
74
7
KORXONALARDAGI HAQIQIY INVESTITSIYALAR, YANGILIKLAR VA INNOVATSIYALAR PORTFELINI SHAKLLANISHI
82
8
ITTI NI TASHKIL QILISH VA LOYIHALASHTIRISH
97
9
KORXONALARDA YANGILIKLARNI ISHLAB CHIQISH, TATBIQ ETISH VA YARATISHNI BOSHQARISH
108
10
KORXONALARDA YANGILIK ISHLAB CHIQARISHNING TASHKILIY – TEXNOLOGIK TAYYORLASH ASOSLARI
119
11
XODIMLARNI INNOVATSION BOSHQARISH
130
12
KORXONALARDAGI INNOVATSIYALAR MARKETINGI
141
13
INNOVATSION FAOLIYATNI MOLIYALASHTIRISH
150
14
INNOVATSION LOYIHALAR VA SAMARADORLIKNI BAHOLASH USULLARI
164
15
INNOVATSIYALAR TIZIMI VA INNOVATSION FAOLIYATNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH
169
16
INVESTITSIYALAR VA INNOVATSIYALARNING XO’JALIK FAOLIYATI SAMARADORLIGI TA`SIRINING TAHLILI
177
IY
AMALIY MASHG’ULOTLAR UCHUN MATERIALLAR
189
Y
KEYSLAR BANKI
198
YI
MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI
199
YII
GLOSSARIY
203
YIII
ADABIYOTLAR RUYXATI
204
SILLABUS
FANNING QISQACHA TAVSIFI
OTMning nomi va joylashgan manzili
Namangan muxandislik pedagogika instituti
Do’stlik shox ko’chasi 12 uy
Kafedra
“Menejment”
Texnologiya fakulьteti tarkibida
Ta’lim soxasi va yo’nalishi
230000 – Iqtisod
5230200 –
“Menejment” (ishlab chiqarish
Fanni (kursni) olib boradigan o’qituvchi haqida ma’lumot:
I.f.n., dotsent Ismatov Raxmatilla Oltinovich
Rahmatillа@mail.ru
Dars mashg’ulotini o’tkazish vaqti va joyi
O’quv bo’limi tomonidan ishlab chiqilgan jadval asosida 2-506
Kursning boshlanishi va davom etish muddati
1 semestr
Ta’lim yo’nalishi o’quv rejasiga muvofiq
kurs 6 semestr
kurs 7 semestr
Individual grafik asosida o’qituvchining talabalar bilan ishlash vaqti
Xaftaning Seshanba, Payshanba va Juma kunlari soat 1300 dan 1600 gacha
Fanga ajratilgan o’quv soatlarini o’quv turlari bo’yicha taqsimoti
Aiditoriya soatlari
Mustaqil ta’lim
ma’ruza
amaliy
6 semestr
24
26
44
7 semestr
32
48
70
Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi
“Innovatsion menejment” fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, 6 va 7-semetrlarda o’qitiladi. Bu fanga o’tish asosan barcha ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar, matematika va tabiiy fanlarni o’rganib bo’lgandan keyin o’tiladi.
“Innovatsion menejment” fanini o’rganish o’quv rejasida ko’rsatilgan ko’pgina fanlar bilan uzluksiz bog’likdir. Bu fan “Menejment”, “Ishlab chiqarish menejmenti”, “Strategik menejment”, “Personalni boshqarish” va boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorlikda o’rganiladi.
Fanning mazmuni
Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni
Innovatsion menejment fani korxona va tashkilotlarning bozor iqtisodiyoti sharoitida yuz beradigan o’zgarishlarga moslashib harakatlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan innovatsiyalardan foydalanilishining boshqarish tizimini o’rganadi. “Menejment” ta’lim yo’nalishi bo’yicha tayyorlanayotgan bo’lajak mutaxassislar uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda innovatsion menejment tizimini tashkil etish va rivojlantirish, unga ta’sir etuvchi omillarni aniq baholay olish, innovatsion menejment tizimining boshqa tizimlar bilan o’zaro aloqasini ta’minlash, innovatsion
loyihalarni tuzish va amalga oshirish, xodimlar tomonidan
innovatsiyalarning qo’llab-quvvatlanishiga erishish va boshqa shu kabilarni o’rganishda innovatsion menejment fanining ahamiyati katta.
Innovatsion menejment fanini o’qitishdan maqsad – talabalarda innovatsion faoliyat tajriblari, yangiliklar, ixtirolarni boshqarish xaqida tushuncha berib, ishlab chiqarish kollektivi boshqarishning ob’ekti va sub’ekti sifatida, rahbar mehnat jamoasining asosiy boshqaruvchisi, bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat jamoalarining boshqarishda mehnatkashlarning o’z-o’zini boshqarishdagi innovatsion munosabatlari, xozirgi davrda innovatsiyalarni moddiy rag’batlantirishning aspektlari, mehnat jamoasida innovatsion iqlimni boshqarish, innovatsion menejmentning chet el tajribasini o’rgatishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga yangi xo’jalik sharoitida yangiliklar (innovatsiyalarni) boshqarish aspektlari, boshqaruv tizimida innovatsiyalarni prognozlash va rejalashtirish, innovatsion boshqaruvda qarorlarni ishlab chiqish va tadbiq etish usullari, innovatsion boshqaruv jarayonini axborot bilan ta’minlash, innovatsion boshqaruvda ilmiy tadqiqotlarning roli, jamiyatda innovatsion boshqaruvning nazariyasi va amaliyoti va boshqalarni o’rgatadi.
“Innovatsion menejment” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
innovatsion menejment faoliyatini tashkil etish; chet el tajribalaridan Yaponiya, AKSH va boshqa rivojlangan davlatlari olimlari va menejerlarning tomonidan yaratilgan nazariyalarni chuqur egallash; investitsiyalarni loyihalash va boshqarish; ilm fan taraqqiyoti asosida ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bilishi va ulardan foydalana olishi;
korxona faoliyatida innovatsiyalarni texnik-iqtisodiy tahlil qilish; ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga innovatsiyaning ta’sirini belgilash; innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va qo’llash; investitsiyalarni samarali