Qisqacha xulosalar
Korxona tavsifi korxona to’g’risidagi axborotlardan, xususan uni yaratish tarixi, tashkiliy-huquqiy shakli, xo’jalik aloqalari, korxonaning bozordagi ulushi hamda rivojlanish tendentsiyalaridan iborat bo’ladi. Bu axborotlar korxonaning ishonchliligini mustahkamlash uchun asos bo’ladi.
Biznes rejaning “Korxona mahsuloti tavsifi” bo’limida ishlab chiqariladigan mahsulot xarakteristikasi uning boshqa o’xshash mahsulotlardan farq qiluvchi jihatlari yoritiladi.
Mahsulot tavsifida uning boshqa raqobatchi mahsulotlardan farq qiluvchi xususiyatlariga, uning yashash davrining xar bir bosqichida qo’llaniladigan marketing elementlariga, xarakatlarga alohida urg’u beriladi.
Nazorat uchun savollar:
Korxonani bozordagi holati nima maqsadlarda tavsiflanadi?
Biznes faoliyatga ta’sir qiluvchi omillar tavsifi?
Tovar yoki mahsulotni tavsiflashda qaysi ko’rsatkichlar asos qilib olinadi?
Raqobat ustunligi qaysi mezonlar bilan tavsiflanadi?
Test savollari:
Tovarni “o’sish” davrida qaysi marketing elementlari qo’llaniladi?
Marketing elementlarini qo’llash maqsadga muvofiq emas;
Tovar takomillashadi, reklama kuchaytiriladi;
Reklama kuchaytiriladi, narxlar pasaytiriladi;
Servis kuchaytiriladi, narxlar pasaytiriladi.
Korxona tavsifi nima uchun zarur?
Korxonaning tarmoq va iqtisodiyotdagi o’rnini belgilash uchun;
Korxonaning mazkur sohadagi ish tajribasini o’rganish uchun;
Korxonaning yutuq va kamchiliklarini o’rganish uchun;
Korxonaning pul oqimlarini baholash uchun.
Korxona tavsifida qaysi muammolarga izoh beriladi?
Texnik muammolarga;
Tashkiliy muammolarga;
Moliyaviy muammolarga;
Iqtisodiy muammolarga.
Tovar quyidagi nuqtai nazardan o‘rganiladi? A. Tovarga belgilangan narx bo‘yicha;
B. Tovarning nafliligi bo‘yicha; C. Tovarning sifati bo‘yicha; D. Servis xizmatlari bo‘yicha.
Tovar quyidagi tavsiflarga ega bo‘lishi lozim ...
Baho, reklama, iste’mol qiymati, markasi, servis;
Mahsulot sifati va uning iste’mol xususiyatlari;
Baho, mahsulot sifati, iste’mol qiymati, raqobatbardoshligi.
Tovarning quyidagi hayot sikli bosqichlariga ega?
O‘sish, bozorga kirish, etuklik, to‘yinish, pasayish;
Bozorga kirish, o‘sish, etuklik, to‘yinish, pasayish;
Yetuklik, to‘yinish, pasayish va chiqish;
O‘sish, bozorga kirish, to‘yinish, pasayish va bozordan chiqish.
Korxonaning kuchli tomonlarini ifodalovchi tavsiflarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Jihozlari va ishlab chiqarish liniyalari;
Kadrlarning malaka darajasi va ish tajribasi;
O‘z mablag‘lari ulushi va moliyaviy holati;
Barcha javoblar to‘g‘ri.
Korxonaning tashkiliy – texnik darajasini quyidagilar ifodalaydi:
Jihozlari va ishlab chiqarish liniyalari;
Kadrlarning malaka darajasi va ish tajribasi;
O‘z mablag‘lari ulushi va moliyaviy holati;
A va B javoblar to‘g‘ri.
Korxona imidji bu – ...
Tovar markasi va nomi;
Korxonaning o‘ziga xos texnikasi, texnologiyasi, mahsulotlari, sotish siyosati;
Ish qobiliyati, uslubi, tajribasi, tashqi bozordagi faoliyati;
Xodimlar tajribasi, kiyinish madaniyati, sotish siyosati.
Tovarning bozor yangiligi bu – ...
Iste’molchilarning yangi iste’mol e’htiyojlarini qondirishga yo‘naltiriladi;
Tovarning iste’mol hususiyatlari takomillashtiriladi;
Tovar yangi ko‘rinishda iste’molchilarga taklif etiladi;
Tovarning narxi pasaytiriladi.
Dostları ilə paylaş: |