68
- 1917 yil fevralidagi ikinchi rus inqilobidan so`ng Turkistonda o`lka
hayotini demokratik asosda yangilash talabi bilan chiqqan qator yangi
milliy davriy nashrlar paydo bo`ladi;
- mazkur davrdagi davriy nashrlarning milliy harakatni avj oldirishda,
o`zbek xalqining ijtimoiy-siyosiy faolligini milliy istiqlol uchun kurashga
yo`naltirishdagi xizmatlari beqiyos bo`lgan;
- bundan tashqari bu gazeta va jurnallar mustamlakachilarning xalqlar,
ellarni erk, istiqlol, milliy ozodlik kurashidan chalg’itish, ularga mutelik
ruhini singdirish uchun ataylab millatlar va elatlar orasida etnik jihatdan
nizo solish ularni gij-gijlashdek o`ta razil va makkarona siyosat
yurgizganini ochib tashlashga jur`at eta olgan;
Xulosa o`rnida yana shuni aytib o`tish joizki, hozirgacha O`zbek matbuoti
tarixiga oid bir qancha kitoblar, manografiyalar va tadqiqotlar yaratilgan.
Biroq, ularning aksariyati sho`ro mafkurasi asosida dunyoga kelgan va
bugungi kunda g’oyaviy jihatdan milliy-ma`naviy qiymatini yo`qotgan. Shu
nuqtayi nazardan Turkiston milliy matbuoti tarixini yoritishda tadqiqotchilar
tomonidan tarixiy-qiyosiy usullardan foydalanilgan holda, haqqoniylik,
holislik prinsplariga amal qilinsa maqsadga muofiq bo`lar edi. Bizningcha,
mazkur masala kelgusida o`z tadqiqotchilarini kutib qoladi.
Dostları ilə paylaş: