O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
O‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan ro‘yxatga olindi
№ __________________
2022-y. "___"________
«TASDIQLANDI»
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
________R.Abduraxmanov
2022-yil "___"________
PYTHON DASTURLASH TILI
FAN DASTURI
Bilim sohasi:
300000 – Ishlab chiqarish-texnik soha
Ta’lim sohasi:
330000 – Kompyuter texnologiyalari va informatika
Ta’lim yo‘nalishi:
5330300 – Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)
Umumiy o‘quv soati
– 120 soat (6- semestr –4 kredit)
Shu jumladan:
Ma’ruza
– 30 soat (6- semestr –30 soat)
Amaliy mashg‘ulot
– 30 soat (6- semestr –30 soat)
Mustaqil ta’lim
– 60 soat (6- semestr –60 soat)
J izzax-2022 O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 avgustdagi 365-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan 5330300 – Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) malaka talablari asosida tayyorlandi.
Tuzuvchilar:
O.X.Turakulov OʻzMUJF, “Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish”
kafedrasi professori.
Taqrizchilar:
R.M.Yusupov
JDPI, “Informatika va uni oʻqitish metodikasi” kafedrasi mudiri, t.f.n., dots.
F.N. Haitov
JDPI, “Informatika va uni oʻqitish metodikasi” kafedrasi dotsenti, t.f.n.
Fan dasturi “Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasining 2022-yil “___” ____________dagi ___ -sonli yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet uslubiy kengashiga muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri:
O.A.Kayumov
Fan dasturi “Amaliy matematika” fakulteti uslubiy kengashida muhokama etilgan va filial ilmiy-uslubiy kengashiga muhokama qilish uchun tavsiya etildi
(2022 - yil “___” ____dagi ___ - sonli bayonnoma).
Fakultet uslubiy kengashi raisi:
S.Aliboyev
Fan dasturi ilmiy-uslubiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilindi (2022 - yil “___” ____dagi ___ - sonli bayonnoma).
O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i:
A.Kuchimov
Fan/modul kodi
PDTB304
Oʻquv yili
2022/2023
Semestr
6-semestr
ECTS Kreditlari
6-semestr – 4
Fan modul turi
Tanlov
Ta’lim tili
Oʻzbek
Haftadagi dars soatlari
6-semestr - 4
1
Fan nomi
Auditoriya mashgʻulotlari soatlari
Mustaqil ta’lim soatlari
Jami
Python dasturlash tili
6-semestr – 60 soat
6-semestr – 60 soat
120
2
I. Fan mazmuni. Fanni o‘qitishdan maqsad – “Python dasturlash tili” fanining bosh maqsadi talabalarga Python dasturlash tilini yetarli darajada o‘qitish, shu bilimlarga tayangan holda kompyuter yordamida modellashtirishga keladigan tadbiqiy masalalarning dastur ta’minotini amalga oshirishga o‘rgatish va ixtisoslik fanlarini o‘zlashtirishda tayanch bilimlarga ega bo‘lish.
Fanning vazifalari – masala yechishning algoritmik asoslarini o‘rganish, kompyuter ishlashining tamoyili, dasturlash tillarini sinflash, kompyuterda berilganlar va buyruqlarni tasvirlanishi, Python tilida turli texnologiyalarni qo‘llash orqali dasturlash, ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash, vizual dasturlash muhitida ishlash bu fanning asosiy vazifalari hisoblanadi.
“Python dasturlash tili” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
axborot, uni saqlash usullari, qayta ishlash va uzatish, hisoblash tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti, ularni fan sohalarida, ishlab chiqarish va ta’limda qo‘llash xususiyatlari, kompyuterni dasturiy ta’minoti, dastur turlari, ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash va xususiyatlari, strukturali, ob’ektga yo‘naltirilgan va umumlashgan dasturlash, model, ko‘rinish va nazorat texnologiyalari, dasturni optimallashtirish va umumlashtirish, dasturlashda modulli tamoyillarini qo‘llash, kompyuter texnologiyalari yutuqlarini zamonaviy hisoblash tizimlarining matematik va dasturiy ta’minotida qo‘llash, dasturlashning taraqqiyotining an’analari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
yuqori darajadagi dasturlash tillarini, dasturiy ta’minotni, ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashni, tatbiqiy va hisoblash matematikasi masalalarini yechish algoritmlarini, modulli tahlil va modulli dasturlash asoslarini, ob’ektga yo‘naltirilgan va umumlashgan dasturlash usullarini, samarali dastur va dasturlar kompleksini yaratish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;