190
mamlakatlarda ijtimoiy ishda ijtimoiy munosabatlarning yangi tizimini yaratish
zaruriyatini ko‗rsatib, bu ijtimoiy ishning jamoaviy usuliga asoslangan. Yashash
joyi bo‗yicha ijtimoiy aloqalarni yaartishga muvofiq bo‗ladi.
Zamonaviy ijtimoiy ish uchun asos subsidiarlik kabi ijtimoiy siyosat
tamoyillaridir. Subsidiarlik
(subsidiarity) – ijtimoiy masalalarni hal qilish
bo‗yicha qaror agar u samarali bo‗lsa markazlashmagan darajada qabul qilinadi.
Mazkur tamoyil davlat va nodavlat ijtimoiy tuzilmalarida o‗zaro faoliyatni
qonunchilik tartibida tartibga soladi.
Zamonaviy ijtimoiy ishning strategiyasi modellaridan qat'iy nazar uning
mustaqilligini oshirish, o‗z hayoti va o‗z muammolarini nazorat qilish qobiliyatini
oshirish orqali qabul qilish jarayonida faollikka yo‗naltirilgan.
Turli mamlakatlarda ijtimoiy ishning asosiy tamoyillari. Uslublari o‗xshash
ekanligini ko‗rish mumkin. Bu mamlakat rivojlanishining milliy va tarixiy
xususiyatlariga, ijtimoiy ishni moliyalashtirishning byudjet-sug‗urta tamoyiliga
bog‗liq bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: