58
• Aholining ijtimoiy himoyasi –bu manzilli xususiyatga ega aholining
ma'lum qatlamiga ko‗rsatiluvchi ijtimoiy to‗lovlar, moddiy yordam va ijtimoiy
ishdir.
Xalqaro mehnat tashkilot (XMT) ijtimoiy himoyaga ijtimoiy sug‗urtalash va
ijtimoiy yordamni kiritadi. XMT konvensiyalarida aholini ijtimoiy himoya
qilishning asosiy tamoyillari shakllantirilgan bo‗lib, unda qo‗llaniladigan ijtimoiy
himoyaning turli shakllarining minimal darajasi va aholi toifalari ko‗rsatilgan.
Ijtimoiy himoyaning milliy tizimi XMT konvensiyalari asosida, ma'lum bir
mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanish xususiyatlarini hisobga
olgan holda shakllantiriladi.
Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi va professional ijtimoiy xizmat o‗zaro
bog‗liq va aloqadordir. Ijtimoiy xizmat professional faoliyat shakli sifatida zarur
qonuniy va me'yoriy asos, rivojlangan infratuzilma, kadrlar tayyorlash, umuman
olganda ijtimoiy institut sifatida ijtimoiy himoyaga tegishli vositalar mavjudligini
ko‗rsatadi. Ijtimoiy himoya tizimi mikro darajada ijtimoiy ish uchun tashkiliy-
huquqiy maydon bo‗ladi. O‗z navbatida ijtimoiy ish mablag‗lari yordamida
ijtimoiy himoya amalga oshadi. Tayyorlangan mutaxassislarning ijtimoiy ishga
kirishi ijtimoiy himoya bo‗yicha tadbirlar samaradorligini oshiradi.
Bugungi kunda bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda aholini ijtimoiy
himoya qilishning turli xil tashkiliy-huquqiy shakllaridan foydalaniladi. Yuqorida
ko‗rsatilganlardan bugungi kunda muhimlari o‗z ichiga turli to‗lov va xizmatlarni
olgan ijtimoiy sug‗urtalash va ijtimoiy yordamdir. Turli mamlakatlarda bu
ko‗rsatilgan shakllar tarixiy sharoitlarga bog‗liq bo‗lib, shuning uchun vazifaning
bir xilligiga qaramasdan yondashuv va uslublarda farqlar mavjud.
Ijtimoiy himoya shakllari quyidagilarga bo‗linadi:
Dostları ilə paylaş: