150
kо‘zda
tutilgan.
2015-2019-yillarda amalga oshiriladigan qiymati 19 milliard 640 million dollarlik
711 yangi loyihaning sarmoyadorlari va moliyalashtirish manbalari belgilab olingan.
Qiymati 21 milliard 169 million dollarlik 135 istiqbolli loyihaga esa xorijiy
investitsiyalar va kreditlar jalb qilinadi.
Ushbu Dasturning hayotga tatbiq etilishi 2015-2019-yillarda yalpi ichki
mahsulotni yiliga о‘rtacha kamida 8 foiz, jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab
chiqarishni 9 foiz, shu davr ichida ushbu kо‘rsatkichni 1,5 barobar oshirish imkonini
beradi. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida sanoat ulushi hozirgi 24 foizdan 2020-
yilda 27 foizga yetadi. Mashinasozlik, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, tо‘qimachilik va
oziq-ovqat kabi yuqori texnologiyali tarmoqlarni yanada jadal rivojlantirish, sanoatda
ularning ulushini 2014-yildagi 62 foiz о‘rniga 2020-yilda 67 foizga yetkazish
kutilmoqda. Bu borada 100 ga yaqin yangi tovar guruhlari (qariyb 1000 xil mahsulot)
ishlab chiqarish о‘zlashtiriladi va 2020-yilga borib mamlakatimiz sanoatining yillik
ishlab chiqarish hamda eksport salohiyati tegishli ravishda 18 trillion sо‘mga va 2
milliard dollarga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: