149
hisobga oladi va sababini, va uni mexanizmga ta’sir darajasini
belgilashi mumkin.
Shuni qayd etish kerakki, skanerdan uzatilgan habar, EBB ning
shu vaqtdagi holatiga mos tushadi. Talab etilayotgan qiymat, EBB dan
uzatilishi davrida avariyali ko‘rinishiga o‘tganligi, elektr tizimida
nosozlik va boshqalar sababli o‘zgargan bo‘lishi mumkin.
Ayni shu ko‘rsatkichlarni skaner normal ko‘rsatkichlar
hisobidan qabul qiladi. Mutahasis tomonidan haqiqiy qiymatlarni, EBB
dan o‘tishda sintezlangan qiymatlar bilan almashtirmaslik uchun,
avtomobilning ishlash jarayonini to‘liq tushinishi talab etiladi.
Agarda ishlash jarayonida mashinaning xsusiyatlari skanerdan
olinayotgan ko‘rsatkichlarga mos kelmaydigan bo‘lsa, unday holatlarda
boshqa diagnostikalash qurilmalaridan foydalanish tafsiya etiladi.
Mashina EBB bilan nazorat qilinmaydigan bo‘lsa, bunday mashinalar
uchun skanerlarni qo‘llash yuqori natijalar bermaydi. Bunday
holatlarda bir qancha maxanik va elektrik nosozliklar: silindrdagi
kompressiyaning kamayishi, elektrajihozlar tizimida va yonilg‘i uzatish
tizimida nosozliklar, ishlab bo‘lgan gazning tarkibini aniqlashdagi
noaniqliklar va boshqalarni ro‘y berishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Odatda skenerni qo‘llashdan avval mashinadagi asosiy, skaner bilan
aniqlanmaydigan nosozliklari aniqlanadi.
Mashinada diagnostikalash ma’lumotlarini olish yoki
diagnostikalash darchasida bunday imkoniyat imkoniyati mavzud
emasligi
mumkin.
Bunday
holatlarda
universal
skanerlardan
foydalaniladi, ularda multimetr va ostsilograf sharoitlarida ishni
yuritish imkoniyatlari mavjuddir.
Skanerlar imkon boricha soda ko‘rinishida tayyorlanadi,
ularning narhi yuqori bo‘lmay har bir mashinadan foydalanuvchi uchun
foydalanish
imkoniyati
yaratish,
har
bir
xizmat
ko‘rsatish
stansiyalarida, bir hildagi mashinalarga qo‘llash imkoniyati yaratiladi.
Hozirgi kunda ko‘pchilik tomonidan ishlatilayotgan DST-2M
rusumidagi skaner 4.11 rasmida keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: