9
yaratish kerak. Dizelga moy quyish boʻgʻizlari qulay echiladigan qopqoq
bilan yopilishi lozim.
Past bosimli yonilgʻi uzatish tizimi qulaylik bilan, boshqa
elementlarni echmasdan seriyali ishlab chiqariladigan nazorat priborlariga
ulanish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. Yonilgʻi nasosining
reguliyatorning tuzilishi, unda elektro usul bilan reguliyatorning ishlashini
boshlanish vaqtini aniqlash imkonini berishi kerak.
Diagnostikalash vositalari olib yuriladigan qurilmalar va priborlar
koʻrinishida harakatlanuvchi yoki koʻchmash qurilmalar koʻrinishidagi
vositalarga joylangan boʻlishi kerak. Diagnostikalovchi vosita va jixozlar
olchab olgan koʻrsatkichlarida hatolik miqdorlari sezilarsiz qiymatlarda
boʻlishi talab etiladi.
Diagnostikalash uchun qoʻllanilayotgan priborlar universal boʻlishi,
nazorat qilish mobaynida bir yoʻla bir-necha koʻrsatkichlarni aniqlash
imkoniyatiga ega boʻlishi, diagnostikalanadigan ob’ektga tez va qulay
ulanish imkoni mavjud boʻlishi kerak.
Diagnostikalanayotgan ob’ektdan olingan ma’lumotlar qoʻshimcha
ishlov berilmasdan ob’ektning texnik holati toʻgʻrisida ma’lum ma’lumot
berishi lozim.
Diagnostikalash vositalari mexanizm va agregatlarning texnik holati
togʻrisida etarli darajada ma’lumotlar berishi va bular natizasida
mashinaning texnik holatiga baho berish imkoniyati mavjud boʻlishi kerak.
Mashinaning tuzilishida standart va universal priborlarni ulab
diagnostikalash ishlarini bajarish imkoniyati yuqori boʻlib, bu ishlarni
mashinaga TXK ishlari bajarilayotganida amalga oshirim imkoniyati
berilishi kerak. Diagnostikalash ishlarini bajarayotgan bajaruvchilar uzoq
vaqt noqulay holatlarda mashinaning tuzilishi sababli qolib ketmasligi
kerak.
Mashinaning texnik holatini ruxsat etilgan qiymatlardan ogʻishini
nazorat qilish, qisqa muddatlarda, mashinani TXK va T ishlari
bajarilayotganida aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: