34
bo‘yicha diagnostikalashda esa bunday ishlar faqatgina nosoz agregatga
taluqli bo‘ladi.
Asosiy bosqichda dvigatel ishga tushirilib qizdiriladi, dvigatel va
boshqa agregatlarga kerakli ishlash sharoitlari yuklanadi, diagnostikalash
ko‘rsatkichlarini olish uchun dastlabki va tasdiqlovchi ko‘rsatkichlar
olinadi, agregatlarning holati taxlil qilinadi va kerak bo‘lsa qo‘shimcha
chuqur tekshirish ishlari bajariladi. Rejalangan ketma-ketlikda dvigatel va
boshqa agregatlardagi nososliklarni yo‘qotish va murakkab sozlash
ishlarini bajarish uchun tadbirlar aniqlanadi.
Yakuniy bosqichda mashinadan diagnostikalash vositalari echiladi,
murakkab sozlash ishlari bajariladi, imkoniyat darajasida nosozliklar
bartaraf etiladi, mashinaning holati taxlil qilinadi va ta’mirlash-xizmat
ko‘rsatish bo‘yicha tafsiyalar beriladi.
Diagnostikalash texnologiyasi tuzilayotganda bajariladigan nazorat
ishlari va to‘liq diagnostikalashdagi ish hajmi ham aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: