O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi


II BOB. CHODAK OLTIN KONIDA KON ISHLARI HOLATI TAHLIL QILISH



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə7/17
tarix20.09.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#146059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
diplom 21.06.2023

II BOB. CHODAK OLTIN KONIDA KON ISHLARI HOLATI TAHLIL QILISH
2.1 Shaxta maydonini ochish.
Hozirgi kunda Chodak oltin koni Pirmirob kon boshqarmasida yangi geologik qidiruvlar olib borilishi natijasida quyi garizontda yangi zaxira borligi aniqlangandan so’ng u yer qiya stvol o’tish ishlari olib borilmoqda .Uning hozirgi kundagi uzunligi 300 metrdan oshgan hisoblanadi. Kon lahimining yuzasi eniga 3 m ni bo’yiga esa 3,6 m ni tashlik etadi , umumiy yuza 10,8 m2 bo’lib, undagi o’tish ishlari burg’ulash portlatish usulida amalga oshirilmoqda.Massicdan ajralib chiqqan artof tog’ jinslarini yuklovchi eltuvchi mashina PDM yordamida yuqoriga olib chiqilmoqda.Qiya stvolning umumiy uzunligi taxminan 1400 m bo’lishi kuzda tutilgan.Kon lahimining uzunligi ortishi bilan tashish ishlari avtosamosval yordamida amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ruda tanasining og‘ish burchagi va hudud relyefi qavat shtolnyalari bilan ochishni taqozo etadi. №10 shtolnya gorizontidan yuqorida bo‘lgan foydali qazilmalar o‘zining asosiy loyihasi bo‘yicha qazib olinmoqda №42 shtolnyadan pastda bo‘lgan zahiralar razvedka ishlarini olib borishni talab etiladi. Shunung uchun bu zahiralarni qazib olish yetarli hajmdagi qidiruv ishlarini olib borgandan so‘ng amalga oshirish mumkin. Shuning uchun ushbu zahiralarni №57 shtolnya yordamida o‘rganish va razvedka qilish taklif etiladi. №42 shtolnya konni asosiy ochuvchi kon lahimi bo‘lib xizmat qiladi va u rudani tashish, ishchilarni kon lahimiga yetkazish, kommunikatsiya tuzilmalarini o‘rnatish, elektr ta'minoti, siqilgan havo, toza havo yetkazib berish hamda konni shamolatish uchun xizmat qiladi. №42 shtolnyadan yuqorida joylashgan gorizontlar qavat shtolnyalari (shtolnya №45, №10, №26, №56) yordamida ochilgan. Ekspluatatsion gorizontlar orasidagi aloqa maxsus liftli ko‘tarish qurilmasi bilan jihozlangan vosstayushiylar yordamida ta'minlanadi. Bu vosstayushiylar muhandislik kommunikatsiyalari, gorizontlarga toza havo yetkazish uchun xizmat qiladi. Har bir ekspluatatsion gorizontdagi foydali qazilmalar (№50 shtolnya gorizontidan tashqari) №42 shtolnyaga rudospusk orali yetkaziladi. №50, №26, №56 shtolnyalarga avtomobil yo‘li yotqizilgan. Bu avtomobil yo‘li orali yirik gabaritli uskunalar hamda materiallar tashiladi va kerakli shtolnyalarga tashiladi. №50 shtolnya gorizontidan foydali qazilma elektrovoz yordamida yer yuzasiga olib chiqiladi. Shtolnya to‘liqligicha purkama beton bilan mustakamlangan hamda uning tashqi ko‘ndalang kesim yuzasi 6,78 ni tashkil etadi. Faqatgina tektonik buzilishlar bo‘lgan joyda shtolnya temir-betonli mustahkamlagich bilan mustakamlangan. Bu yerda shtolnyaning tashqi ko‘ndalang kesim yuzasi 7,73 ni tashkil etadi.
Shtolnyaning og‘iz qismiga yaqin joydan mayishiy kombinatga yer osti yo‘lagi orqali boriladi va bu yo‘lakning uzunligi 30 metrni tashkil etadi. Yer osti o‘tish yo‘lagi monolit temir biton mustahkamlagichi bilan mustahkamlangan. Uning ko‘ndalang kesim yuzasi 6,58 ni tashkil etadi. Shtolnyaning og‘iz qismiga yaqin joyda uzunligi 36,5 metrni tashkil etuvchi ishchilarning tushib chiqishi hamda ularni odamlarni tashiydigan vagonetkalarga joylashishi uchun maxsus yo‘lak tashkil etilgan. Shunungdek shtolnyada vagonetkalarni almashtirish uchun almashtirish punktlari va chiqib tushish uchun lift bilan jihozlangan vosstayushiylardan tushish maydonchalari barpo etilgan. Vosstayushiylar protivovesli lift bilan jihozlanadi bundan tashqari vosstayushiyda zinali bo‘linma ham bor. Vosstayushiyning ko‘ndalang kesim yuzasi shakli to‘g‘ri to‘rtburchakni tashkil etadi. Ikki izli kon lahimlari purkama beton hamda ankerli mustahkalagichlar yordamida mustahkamlangan. Bir izli kon lahimlarning tashqi ko‘ndalang kesim yuzasi 7,0 ni tashkil etadi. Kon relyefi va ma'dan tanalarining joylashish sharoiti shaxta maydonini qavat shtolnyalari bilan ochishni taqozo etadi. Pirmirob konini ochish maqsadida bir nechta qavat shtolnyalari (sht.1, 2, 8, 10, 11, 26, 42, 45, 50, 56 va boshqalar) o‘tilgan bo‘lib, ularning oralig‘i bir-biridan vertikal bo‘yicha 40-45 metrni tashkil qiladi. Konni ochuvchi qavat shtolnyalarining joylashuvi va ko‘ndalang kesim yuzalari o‘lchamlari quyidagi jadvalda keltirilgan.




Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin