5.2. Yoritish qurilmalarini elektr tarmoqlari.
Sanoat korxonalarida yoritishni ikki turi bo‘ladi:
1.
Ish joylarini, hovli sathini yetarli darajada yoritish uchun – ishchi
yoritish;
2.
Ishchi yoritish o‘chganda minimal yoritishni ta’minlovchi – favqulotda
yoritish.
Ishchi yoritish quyidagilarga bo‘linadi:
umumiy yoritish sistemasi;
joylardagi yoritish sistemasi;
aralash yoritish sistemasi.
Joylardagi yoritishni xususiyati shundan iboratki, o‘tkazgich, yoritgich
va boshqa elementlar ishlovchiga yaqin joylashgan bo‘lib, yoritish
qurilmasi elementlariga tegib ketish ehtimolini keltirib chiqaradi, natijada
joylardagi yoritishda xavfsizlik masalasi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Joylardagi yoritishda yoritgichlarni kuchlanishi 36 V dan oshmaydi.
Alohida noqulay sharoitlarda 12 V dan ko‘p bo‘lmaydi. Bunday
yoritgichlar maxsus transformatorlar yordamida elektr bilan ta’minlanadi.
Favqulotda yoritishda mustaqil energiya manbasi talab qilinadi, ya’ni:
1.
Akkumulyator batareyasi;
2.
Ishchi yoritish manbasiga bog‘liq bo‘lmagan manbaga ulangan
transformator;
3.Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan fabrika-zavod elektr
stansiyalarini
yordamchi
generatorlari,
ko‘chma
elektrostansiya
generatorlari.
71
Yoritgichlar shunday yoritish guruhlariga bo‘linadiki, bunda birorta
guruhi o‘chganda qolgan guruhlar pasaytirilgan jadallik bo‘yicha bo‘lsa,
ishchilarini ishlash imkoniyatini yaratadi.
Bu sxemada ikkita transformatorga ulangan tarqatish magistrallari
o‘zaro almashtirib joylashtirilgan bo‘lib, bunda bitta transformatorni
uzilishi sexdagi ishni to‘xtashiga sabab bo‘lmaydi.
Sex yoritish tarmog‘ini manbaga ulashni bir transformatordan ikkinchi
transformatorga qayta ulash sxemasi.
5.8-rasm. Sex yoritish tarmoqlarni ikki transformator yordamida ulash sxemasi.
Bu sxema ham yuqori ishonchliligini ta’minlaydi.
A B C 0
5.9-rasm. Yoritishni o‘zgaruvchan tokdan o‘zgarmas tokka qayta ulash sxemasi.
Ulashni bu sistemasi elektr stansiyalarda va nimstansiyalarda, sanoat
korxonalarda va energosistemalarda favqulotda yoritish sistemasi sifatida
ishlatiladi. Bunda favqulotda yoritish tarmog‘ining nolinchi simi yerga
ulanmagan bo‘lish kerak, chunki favqulotda yoritishni akkumulyator
batareyasiga qayta ulanganda uning qutblaridan biri yerga ulanib qolishi
72
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |