Chorva mollarini qochirish texnikasi Chorva mollari asosan ikki xil —
tabiiy va
sun’iy usulda qochiriladi. Tabiiy
usul yana ikkiga:
erkin holda (yoki podada) va
q o’lda qochirishga bo‘linadi.
Erkin holda yoki podada qochirish ancha tartibsiz bo‘ladi. Bunda qaysi
urg‘ochi mol qaysi erkak moldan, qachon qochganligi noma‘lum bo‘ladi. Ayrim
hollarda yuqumli jinsiy kasalliklar tarqalishi ham kuzatiladi. Hisob ishlari olib
borilmaydi. Bu usul asosan mollar podada yaylov sharoitida boqilganda
qo‘llaniladi (52-rasm). Erkin holda qochirishda har bir buqa yil mobaynida 30—40
bosh sigirni qochirishi rejalashtiriladi, har bir ayg‘ir uchun 20—25 bosh biya
rejalashtirilishi mumkin.
115
52-rasm. Erkin holda qochirish usuli Qo‘lda qochirish usuli birmuncha samaraliroq bo‘ladi. Bunda kuyukkan
urg‘ochi mollar oldindan tanlangan erkaklaridan qochiriladi va qochgan kuni
maxsus jurnalga yozib qo‘yiladi. Bu usulning afzalligi shundaki, har bir urg‘ochi
hayvon qaysi erkak moldan va qachon qochganligi ma‘lum bo‘ladi(53-rasm).
Binobarin, hisob ishlarini ham olib borish mumkin. Lekin iqtisodiy tomondan bu
usul unchalik samarali emas, chunki ko‘plab erkak mollarni saqlash, parvarish
qilish va oziqlantirishga anchagina mablag‘ sarflanadi.
53-rasm. Qo‘lda qochirish usuli
116
Qishloq xo’jalik hayvonlarini sun’iy urug’lantirish usuli. Bu usulda
yuqori mahsuldorli, avlodlarining sifati bo‘yicha tekshirilgan erkak mollarning
urug‘lari maxsus shpris-kateter orqali kuyukkan urg‘ochi hayvonlarning
bachadoniga yuboriladi (54-rasm).