O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 314,72 Kb.
səhifə10/16
tarix25.12.2023
ölçüsü314,72 Kb.
#197187
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Buxoro davlat universiteti

1.3.4-chizma. Ikki bog’lamli ro'yxat.
Umuman olganda, ikki bog’lamli ro'yxat bu elementlari soni bir hil faqatgina teskari ketma-ketlikda yozilgan ikkita bir bog’lamli ro'yxatdir.
Halqasimon ikki bog’lamli ro'yxat
Dasturlashda ikki bog’lamli ro'yxatlarni ko'pincha quyidagicha umumlashtiriladi: so'ngi bo'g’in maydoni qiymati Rptr sifatida bosh bo'g’inga murojat olinadi, Lptr maydoni qiymati sifatida so'ngi bo'g’inga murojaat qaraladi.

1.3.4-chizma.Halqasimon ro'yxat.
Ikki bo'g’imli ro'yxat ustidagi amallar:
ro'yxat elementini yaratish;
ro'yxatda elementni qidirish;
ro'yxatning ko'rsatilgan joyiga elementni qo'yish;
berilgan elementni ro'yxatdan o'chirish.
Steklarni bir bog’lamli ro'yxatlar yordamida amalga oshirish
Ixtiyoriy bir bog’lamli ro'yxatni stek deb qarash mumkin. Lekin, ro'yxat bir o'lchamli massiv ko'rinishida ifodalanganda, stekga nisbatan ustunlikka (afzallikka) ega bo'ladi. Sababi, stekda massiv o'lchami oldindan beriladi, ro'yxatda esa o'lcham oldindan berilmaydi.
Xulosa. BMIning I.bob Ma’lumotlar tuzilmalari va algaritmlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. I.bob 3 ta bo’limdan iborat. 1.1. bo’limda ma’lumotlar tuzilmalari va axborotlarni xotirada tasvirlash. haqida ma’lumotlar keltirilgan. Keltirilgan ma’lumotlar misollar bilan tushuntirib o’tilgan. 1.2 bo’limda ma’lumotlar tuzilmalarining klassifikatsiyasi haqida gapirib o’tilgan. 1.3. bo’limda ro’yxatla haqida ma’lumotlar keltirilgan. Keltirilgan ma’lumotlar misollar bilan tushuntirib o’tilgan.


II . DELPHI DASTURLASH TILI. DASTUR SPETSIFIKATSIYASI.

2.1 Delphi dasturlash tili imkoniyatlari. Dasturga qo’yiladigan funksional va nofunksional talablar.


Delphi dasturlash tilida biror amaliy masalani turli xil chegaraviy shartlarda dasturi tuzilsa uning xatolik darajasi kam ishlatish uchun yaroqli holda bo`ladi. Yaratilgan dastur foydalanuvchi bilan muloqot vizual tarzida ishlaydi, jumladan foydalanuvchi boshlang’ich chegara shartlarini, qadamlar sonini muloqot darchasida o`zgartirishi mumkin, foydalanuvchi dastur tuzishni bilmasa ham dasturdan foydalanib javob olishi mumkin.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida amaliy dasturlar bog’lamini yaratish uchun Borland Delphi obyektli dasturlash tilidan foydalanildi. Bu til foydalanuvchi va dasturchi uchun juda qulay vositadir. Dasturlash tili vizual holatda unda barcha shartlarni o`zgartirish mumkin bo`lgan echimlarni aniqlik darajasi yuqori holatda bo`ladi. Dasturlash tillari inson mexnatini yengillashtiradi, ular biror amaliy masalani yechish davomida takrorlanishlar soni juda ko`p bo`lsa ham takrorlanishdagi qadamlar soni ko`p bo`lsa ham darrov yechim olishga muvofiq bo`lamiz. Dasturlash tillari shunday imkoniyatlari orqali amaliy va boshqa masalalarni yechishda keng qo`llaniladi.
Delphi vizual loyihalar, turli holat protseduralarini qayta ishlash va dasturlarni qayta ishlashdà vaqtdan yutish va boshqalarni o`z ichiga oladi.
Delphini ishga tushirgandan keyin uni ekran ko`rinishi hosil bo`lib, u unchalik oddiy emas. (2.1.1-chizma). Ekranda to`rtta oyna mavjud va ular quyidagilardir: Delphi 7 - bosh oynasi, Form1 - forma oynasi, Object Inspector - obyekt inspektori oynasi va Unit1.pas-kodlarini tahrirlash oynasi ekranni deyarli to`ldirib turadi.
2.1.1-chizma. Delphi ishchi oynasining ko`rinishi.


2.1.2-chizma. Menyu satrining ko’rinishi
D
elphi asosiy menyu bandlari vazifalari Microsoft offis standart dasturlarining menyu bandlari vazifalaridan deyarli farqlanmaydi va ulardan foydalanishtartibi ham xuddi shunday saqlanadi.

Yüklə 314,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin