O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə43/99
tarix25.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#196246
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99
Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi-fayllar.org

Konseptuallik: Har bir pedagogik texnologiya o'z tarkibida falsafiy, psixologik, didaktik, ijtimoiy pedagogik asosni qamrab olgan aniq ilmiy kontsepsiaga tayanishi lozim.
Tizimlilik: Pedagogik texnologiya hamma o'zaro bog'liq qismlardan iborat tizimning mantiqiy jarayoni belgilariga ega bo'lishi va yaxlit bo'lishi lozim:
Jarayonning mazmun-mohiyati uning qismlarining uzviy bog'liqligi, yaxlitligidan iborat.
Samaradorlik.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar raqobatli shartlar asosida mavjud bo'lib, natijalar bo'yicha samara berishi, optimal harakatli bo'lishi va ta'limning ma‘lum bir standartlarini kafolatlashi shart.
Qo'llanuvchanlik.
Pedagogik texnologiya bir xil ta'lim muassasalarida boshqa sub‘ektlar tomonidan ham qo'llanilish imkoniyatini beradi.
Pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari.
Har qanday umumpedagogik ta'lim texnologiyasi falsafiy asosga ega.
Biroq o'qitish metodi va vositalarida falsafiy asosni topish qiyin. Gohida g'oya nuqtai nazaridan bir-biriga zid bo'lgan texnologiyalarda ham bir xil metodlar qo'llanilishi mumkin. Shuning uchun ham texnologiyaning o'zi o'zgaruvchan bo'lib, u yoki boshqa falsafiy asosga moslashishi mumkin.
Bir nechta alternativ falsafiy asoslarni qayd etamiz.
- materializm va idealizm.
- dialektika va metofizika.
- gumanizm va antigumanizm.
- antronosofiya va teosofiya.
- pragmatizm va ekzistensializm.
Texnologiya tayangan, asosiy psixik rivojlanish omillari quyidagilar:
1.Psixikaning rivojlanishini biologik nasl (genetik) kodi orqali aniqlash mumkin bo'lgan, tashqi muhit irsiyatdan o'tganlarni qo'llaydi degan taxminni ilgari suruvchi biogen texnologiya;
2.Shaxsning ijtimoiy muhit ta‘sirida shakllangan sifatlari.
3.Insonning tajribalari asosida o'z-o'zini takomillashtirishini ko'rsatuvchi rivojlanishning psixologik natijalari.
4.Shaxs va uning sifatlari paydo bo'lganligini o'ziga xos e‘tirof etuvchi idealistik qarashlar.
5.Falsafiy-pedagogik ilmiy konsepsiyalar.
Tushunchalarni shakllantirish nazariyasi.
Ta'lim jarayoni ma‘lum bir o'zlashtirilgan tushunchalarni umumlashtiradi. Bu tushunchalar an'anaviy pedagogikada ham e'tirof etilgan. O'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish jarayoni quyidagi tushunchalarda o'z aksini topgan.
3-chizma

Ana shu o'zlashtiish jaraonini tashkil etish o'qituvchidan katta mahorat, bilim va texnologiyani talab etadi. O'qituvchi o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish jarayonini tashkil etish yo'llarini tinimsiz izlashi, o'quvchilar faoliyatini tashkil etish texnologiyasini puxta o'zlashtirgan bo'lishi zarur.


Pedagogik texnologiyaga asoslangan ta'lim jarayonida o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish jarayoni samarali kechadi.



Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin