Taqrizchilar:
Sh.R.Barotov -
Psixologiya fanlari doktori, professor,
Xalqaro psixologiya fanlari Akademiyasi haqiqiy a’zosi (akademigi)
E.Z.Xalimov -
psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
3
KIRISH
Biz yosh avlod qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi
bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotga nechog‘li faol munosabatda
bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha
yodda tutishimiz va biz bolalarimizning barkamol ruhiy dunyosi ularning
ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, jismonan sog‘lom bo‘lishi uchun doimo
qayg‘urishimiz, kurashmog‘imiz zarur.
Inson tarbiyasi insonning o‘zi kabi qadimiy va keng qamrovlidir. Shu sababli,
insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz
ma’rifat va madaniyatni yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash
yo‘llari aniqlash maqsadi izlanishlar olib borilgan.
Maktabgacha ta’lim sohasi ta’lim tizimning ilk bo‘g‘ini hisoblanadi va butun
ta’lim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi bo‘lgan - barkamol avlodni tarbiyalashda
muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha tarbiya muassasalari ham bolalarni har
tomonlama tarbiyalaydi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr bo‘lib, xuddi
mana shu davrda bolaning jismoniy, ruhiy, axloqiy, mehnat, estetik rivojlanishiga
poydevor bo‘ladi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash
borasidagi mavjud muammolarni hal etish, ta’lim va tarbiya samaradorligini
zamon talablari asosida ta’minlash, uni dunyo talablari darajasiga olib chiqishga
erishish bugungi kunning dolzarb muammolaridir.
Ana shu vazifalarni amaliyotda o‘z ifodasini toptirishda umumiy psixologiya
fani muhim rol o‘ynaydi. Maktabgacha ta’lim sohasi uchun mutaxassislar
tayyorlash jarayonida umumiy psixologiya fani kasbiy bilimlar, ko‘nikmalar va
malakalarni shakllantirish borasida ustuvor o‘rin egallaydi.
Psixologik bilimlarni ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida tatbiq etish
ko‘lami kengayib borishi uning mas’uliyati va nufuzi ortayotganligidan dalolat
beradi.
Ushbu o`quv qo`llanmada umumiy psixologiyaga kirish, shaxs va uning
individual-tipologik xususiyatlari, bilish jarayonlari yuzasidan nazariy va amaliy
ma’lumotlar keltirilgan.
|