148
xizmatlari borligi asosga olingan. Ba`zi olimlar o`zbek adabiy tilining normalarini
belgilashda Toshkent shevasini fonetik jihatdan, Andijon, Farg`ona shevalarini esa
morfologik jihatdan tayanch sheva hisoblaydilar.
Toshkent shevasi poytaxt shahar shevasi sifatida leksik tomondan ham
o`zining ko`pgina elementlarini adabiy tilga kiritgan va kiritmoqda. Lekin aslida
A.K.Borovkov qayd etib o`tganidek, o`zbek tilining birorta shevasini ham adabiy
tilga hamma jihatdan asos bo`lgan deb aytib bo`lmaydi. CHunki o`zbek tilining
hamma dialekt va shevalarini adabiy til taraqkiyotiga ma`lum bir hissa qo`shgan,
ikkinchi tomondan, ularning har birida juda ko`p o`ziga xos xususiyatlar mavjud.
Masalan, Andijon, Farg`ona shevalari o`zbek adabiy tiliga eng ko`p tarqalgan
grammatik formalaridan birini - hozirgi zamon fe`lining
-yap affiksi vositasida
yasaluvchi formasini bergan. Bundan tashqari, Andijon va Farg`ona shevalari o`zbek
adabiy tilining asosiy talaffuz bazasi sifatida ham xizmat qiladi. Bu shevalarning
adabiy tilimizga o`zlarining fonetik xususiyatlari bilan ham maksimal darajada
yaqinlashuvi shu bilan izohlanadi. Bu shevalar o`zbek adabiy tiliga o`zlarining
leksik boyligi, stilistik imkoniyatlari hamda boshqa til vositalari bilan ham hissa
qo`shgan.
SHunisi xarakterliki, bir qarashda o`zbek adabiy tilidan birmuncha uzoqroq
turgandek ko`ringan qipchoq shevalari xam o`zbek adabiy tiliga juda ko`p leksik
boyligi, stilistik imkoniyatlari hamda boshqa grammatik vositalari bilan hissa
qo`shgan. Masalan, o`zbek adabiy tilidagi qaratqich kelishigining to`liq formasi
qipchoq shevalaridai qabul qilingan. Adabiy tilimizdagi hozirgi zamon fe`lining
-yotir
affiksi vositasida yasaluvchi formasi ham qipchoq va o`g`uz dialektlariga xos formadir
va hokazo.
Dostları ilə paylaş: